Ijro intizomi – davr talabi
2022-06-10 18:41:07 181
Ijro intizomi – davr talabi
Prezidentimizning Farg'ona viloyati faollari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida davlatimiz rahbari tomonidan So'x tumanida amalga oshirilgan ishlar islohotlar samarasi alohida ta'kidlandi va boshlangan ishlarni tizimli yo'lga qo'yish maqsadida temir intizom bilan faoliyat olib borish bo'yicha tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berilgan edi.
Shunday ekan, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda, tuman hokimligining barcha bo'g'inlarida ijro intizomining zarur darajada tashkil etilishiga bog'liq.
Shunga ko'ra, bugun So'x tumani 30-sonli musiqa va san'at maktabida tuman korxona tashkilotlarida tashkil etilgan ijro intizomi xodimlari ishtirokida “Ijro intizomi - davr talabi” mavzusida amaliy seminar o'tkazildi.
Seminarda tuman hokimligining ijro intizom bo'limi, tuman adliya bo'limi, tuman huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etdilar. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Farg'ona viloyati yuridik texnikumi direktorning 1-o'rinbosari, 3-darajali yurist Ergashev Azizbek Yigitaliyevich hamda ushbu dargoh kafedera mudiri, 3-darajali yurist, adliya maslahatchisi Mavlonov Bahromali Qodirovichlar qatnashdi.
Tuman hokimligining bosh mutaxassisi Ibrogimjon Axmatov amaliy seminar avvalida so'zga chiqib, so'nggi yillarda barcha sohalar qatori, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilayotganligi, ijro intizomini yo'lga qo'yish bo'yicha Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 12 yanvarda qabul qilingan “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 12-son qarori muhim o'rin tutishini ta'kidlab, mazkur qaror talablari asosida ish yuritish va ijro intizomini ta'minlash kunning dolzarb masalalaridan ekanligini alohida ta'kidladi.
Mazkur masalaga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.05.2021 yildagi PQ-5132-«IJRO.GOV.UZ» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi” qarorida alohida e'tibor qaratilgan va mazkur hujjatlarning mazmun mohiyati va ahamiyati yuzasidan ishtirokchilarga tuman adliya bulimi B.Enazarov va Farg'ona yuridik texnikumi ustozlari tomonidan to'liq ma'lumotlar berildi.
Tuman prokurori urinbosari O.Dustov, tuman yuridik markazi bo'limi boshlig'i U.Ergashevlar masala yuzasidan ma'ro'za qildilar.
Amaliy seminar jarayonida ishtirokchilar mutasaddilarga o'zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olib, sohani rivojlantirish bo'yicha o'z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati