Huquqiy savodxonlikning yuksakligi samarali faoliyat asosidir
2022-06-10 17:10:40 119
Huquqiy savodxonlikning yuksakligi samarali faoliyat asosidir
Aytish lozimki, qonun ustuvor bo'lgan jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish masalasi asosiy o'rin tutadi. Bu yo'nalishda huquq-tartibot va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari zimmasiga katta mas'uliyat yuklangan.
Lenbur mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tgan tadbirda mahallalarga saylangan xotin-qizlar faollari uchun ularning huquqiy ongini kengaytirish va savodxonligin oshirish maqsadida mutasaddi idoralar vakillari tomonidan maslahat va ma'lumotlar berildi.
Davra so'hbati shaklida o'tgan bu tadbirda viloyat sudi o'rinbosari B.Vahobov, viloyat sudi sudyasi F.Xatamkulov, So'x tuman sudlari raislari Sh.Abdullayev va Sh.Madumarovlar ishtirok etishdi. Tadbirda qatnashgan barcha hududlarning xotin-qizlar faollariga qonunchilikdagi yangiliklar va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-87-sonli Farmoni va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam ko'rsatish, odam savdosi, shu jumladan chaqaloq savdosining oldini olish va unga qarshi birgalikda kurashish, korruptsiyaga qarshi kurashish, yoshlar bilan ishlash, viloyatda erta nikoh, oilaviy ajralishlarni oldini olish, notinch oilalarni yarashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni tashkil etish to'g'risidagi viloyat hokimining 2022 yil 28 yanvar 49-11-0-Q/22-sonli qarori haqida mutaxassislar kerakli ma'lumotlar berdilar.
Davra so'hbati davomida ishtirokchilar mutasaddilarga savollar berib, javoblar olishdi. Shuningdek, xotin-qizlar faoli faoliyatida yuzaga keladigan turli bahsli mavzular bo'yicha ham atroflicha ma'lumotlar berildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati