Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ENG ASOSIY MASALA – FUQAROLARNING XAVFSIZLIGI

×

 2022-06-09 10:40:50    178

PDF yuklash
Chop etish


ENG ASOSIY MASALA – FUQAROLARNING XAVFSIZLIGI

         Shuni alohida ta'kidlash lozimki, fuqarolarning xavfsizligi eng asosiy masalalardan bo'lib, bu yo'nalishda keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot ishlari olib boriladi. Gap shundaki, keyingi paytlarda aholi tomonidan xavfsiz bo'lmagan yerlar, asoan sel yo'llarda joylashgan hududlarni o'zboshimchalik bilan o'zlashtirish va ushbu hududlarga uy-joylar solib, istiqomat qilib kelish holatlari aniqlangan. 

         Tuman hokimligi, viloyat va tuman favqulodda vaziyatlar tizimi, viloyat va tuman “Ermulkkadastr”, gidrometereologiya sohasi xodimlarining ogohlantirishlariga qaramasdan, bu holat va muammolar yechilmasdan muammoligicha qolib kelmoqda.

         Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2022 yil 3 iyun kungi 14/4-2591-sonli xatiga asosan So'x tumani, Qal'acha kishlogi, "Kal'acha-2" sel yulining qirg'og'ida aholi tomonidan noqonuniy ravishda o'zboshimchalik bilan turar joy va ko'shimcha binolar qurib, yashab kelayotganligi, bu borada Favqulodda vaziyatlar va Gidrometeorologiya boshqarmalari hamda mahalla fuqarolar yigini raisi tomonidan xavfsiz xududga ko'chib o'tish bo'yicha ogohlantirish xatlari berilganligi, bu bo'yicha fuqarolardan tilxatlar ham olinganligiga qaramasdan ko'chish ishlari amalga oshirilmagan.

         Shunga ko'ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining "Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko'rsatish masalalari bo'yicha" doimiy komissiya raisi Z.Zohidov rahbarligida viloyat ishchi guruhi tuzilib, mazkur masalani tuman hokimligi va mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirokida joyiga borgan xolda o'rganib, zarur chora-tadbirlarni belgilash rejalashtirilgan.

         Shu masalada bugun Xalq deputatlari So'x tumani Kengashi kotibiyatida mazkur ishchi guruhining uchrashuvi bo'lib o'tdi va ayni ushbu masala tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari va viloyat vakillari ishtirokida muhokama etildi.

         Mutasaddilar tomonidan tuzilgan ishchi guruh bugun yuqorida nomi zikr etilgan hududda bo'lib, aholi va sel yo'lida noqonuniy yashayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini  olib borishadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati