Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PILLA PARVARIShI AVJIDA

×

 2022-05-24 18:45:08    57

PDF yuklash
Chop etish


PILLA PARVARIShI AVJIDA

         Ayni kunda tumanimizda “kumush tola” ijodkorlari tomonidan pilla parvarishi jadallik bilan olib borilmqoda. Tumanda o'ziga xos pillachilik maktabi shakllangan desak, mubolag'a emas.

         Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi Mayramxon Aliboyeva mana 40 yildirki, shu ish bilan shug'ullanadi.

         - Pilla olishning o'zgacha gashti bor. Pilla yetti xazinaning biri desak, xato qilmaymiz. Har yili pilla olamiz va eng quvonarlisi, rejani ortig'i bilan bajarib kelamiz. Menga pilla parvarishida barcha oila a'zolarimiz yaqindan yordam bershadi. Bu yili qo'shimcha ravishda mahalla yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi ham xabar olib turishdi, - deydi Mayramxon Aliboyeva.

         Mayramxon Aliboyeva bu yili davlatdan 4 quti pilla olgan. Niyati rejani ortig'i bilan bajarish – 200 kilogramm “kumush tola” topshirmoqchi. Buning uchun pillakor barcha yordamchilari bilan astoydil harakat qilyapti.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati