Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tumanning 1-sektori hududida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

×

 2022-05-24 18:34:46    61

PDF yuklash
Chop etish


Tumanning 1-sektori hududida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

         Aytish lozimki, Prezidentimiz boshlab bergan va inson manfaati va uni qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar bugungi kunda Respublikaning barcha hududlarida xayrli va ezgu tashabbuslar bois, amaliy bo'lmoqda.

         Kuni kecha 1-sektor hududidagi Sohibkor mahalla fuqarolar yig'inida tuman hokimi sa'y-harakati va tashabbusi bilan barpo etilgan yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Yangi binoni taqdimot marosimida ishtirok etganlar eng avvalo, davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha ta'lim sohasiga berayotgan e'tibori va ushbu e'tibor tufayli Respublikamizda maktabgacha ta'lim muassassalariga bolalar qamrovi keskin kupayotgani haqida gapirdilar.

         Ta'kidlash lozim, davlatimiz rahbarining Farg'ona viloyati faollari bilan ham bo'lib o'tgan uchrashuvida maktabgacha ta'lim muaasasalariga bolalar qamrovi birgina So'x tumanida Respublika miqyosida rekord darajasida ekanligi sohadagi izchil, hayotiy islohotlarning samarali natijasidan darak beradi.

         Barpo etilgan mazkur yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan 1-sektor binosining bo'sh turgan xonalarida tashkil etildi.

         Ma'lumotlarga ko'ra, ayni kunda mazkur muassasada 120 nafar bolajonlar tarbiya olishadi. Shuningdek, muassasada 30-o'rinli qisqa muddatli guruhlar ham faoliyat yuritadi. Muassasada mazkur hududning 26 nafar xotin-qizlarining bandligi ta'minlangan.

         Ramziy lenta qirqilgandan so'ng tantanali tadbir bo'lib o'tdi va shundan so'ng muassasa xodimlari va bolajonlarga esdalik va qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi. Muassasada bolajonlarning tarbiya olishlari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratib berilgan. Yaqin kunlarda muassasaga mebel va musiqa jihozlari olib kelinadi.

         Bunday e'tibordan ham mahalla ahli va ham boladonlar juda xursand va minnatdor va baxtli avlod ijrosidagi yagragan go'zal ko'y va qo'shiqlar tadbir ishtirokchilariga minnatdorlik ramzi sifatida izhor etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati