Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YoShLAR YeTAKChISI TAShABUSI BILAN MAHALLADA SPORT MAJMUASI QURILMOQDA

×

 2022-05-24 18:23:58    69

PDF yuklash
Chop etish


YoShLAR YeTAKChISI TAShABUSI BILAN MAHALLADA SPORT MAJMUASI QURILMOQDA

         Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarda joriy etilgan yoshlar yetakchisi vazifasi va bu vazifaga tayinlangan yoshlar bugun yoshlarning jamiyatda o'z o'rinlariga ega bo'lishlari va amalga oshirilayotgan har bir islohotda ishtirokchi bo'lishlarini ta'minlay oladigan yetakchiga aylanib borishayotir. Aniq reja, maqsad, loyiha va taklif ustida ishlayotgan yoshlar yetakchilarining tashabbuslarini bugun yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlar vakillari qo'llab-quvvatlashmoqda. Albatta, har bir niyat va ezgu maqsadni ruyobga chiqarish uchun insonda intilish va ishonchning alohida o'rni bor. Bugun yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ulkan loyihalar yaratib berilgan tizimning samaradorligini namoyon etyapti.

         Bugun eng chekka hududlarda ham davlatimiz rahbari tomonidan sport sohasiga berilayotgan e'tibor tufayli mazkur soha jadallik bilan rivojlanmoqda. Mahalladagi yosh iste'dodlarni ulkan sport arenalariga chiqarish uchun tizim yaratilgan. Bu yo'nalishda yoshlar yetakchilarining ham alohida o'rni bor.

         Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Muhib Azamjonovning tashabbusi bilan bugun mahallada homiylar kumagida yangi sport zali qurilishiga tamal toshi qo'yildi. Yoshlar yetakchisi tashabbusini qo'llab-quvvatlagan mahalla yoshlari sport majmuasi qurilishida faol ishtirok etish niyatlari bor.

         Yangi sport majmuasi 29-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi hududiga quriladi. Mahalla ahli homiyligida qurilayotgan zamonaviy sport majmsuasining hajmi 12x24 metrni tashkil etadi.

         - Maktabning o'zida ham sport zali bor, biroq uniing hajmi 9x18 metrni tashkil etadi. Yoshlar talabini inobatga olib, shuningdek, mahallada sport turlarini yanada rivojlantirsh maqsadida taklif etilgan tashabbusni maktab ma'muriyati, mahalla va ayniqsa, yoshlarimiz qo'llab-quvatlashdi. Kecha Prezidentimiz rahbarligida ayni sportni ommalashtirish, sport ta'limini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishi biz uchun yanada kuch va g'ayrat bag'ishladi. Darhaqiqat, biz bugun mahalallarda sportni rivojlantirish uchun astoydil harakat qilishimiz va har bir imkoniyatdan samarali foydalanishimiz lozim, - deydi Muhib Azamjonov.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati