Ayrim tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilangan
2022-05-19 09:54:06 182
Ayrim tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilangan
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-104-sonli qarorga ko'ra, turizm sohasiga tatbiq etilayotgan maxsus soliq rejimi joriy etilayotgan respublikaning 28 ta hududi qatoridan Rishton tumani ham o'rin olgan.
2022 yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvariga qadar Rishton tumanida belgilangan turizm hudidida ro'yxatdan o'tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo, ko'ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko'rsatayotgan tadbirkorlar uchun;
aylanmadan olinadigan soliq stavkasi -1-% (aslida bazaviy stavka 4 %)
Ushbu hududdagi ob'ektlar va ular egallagan yer uchaskasi bo'yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari miqdorlari-hisoblangan summasining 1 % miqdorida belgilandi.
Bunda turizm hududi chegarasi viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xulosalari asosida xalq deputatlari viloyat kengashi tamonidan belgilandi.
Xususiy bog'cha va maktablar uchun 1-apreldan soliq imtiyozi berilishi aytilgandi, shu kuchga kiradimi?
2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Prezident farmoniga ko'ra, 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborilayotgan ota onalarga oyiga 3 milliongacha sumgacha bo'lgan to'lovlari daromad solig'idan ozod etilishi belgilab qo'yildi. Ayni paytda ushbu imtiyoz bo'yicha soliq kodeksiga tegishli o'zgartirish kiritilmoqda.
Ayrim ota-onalarda "imtiyoz qo'llanilishi davri 1-apreldan kechikib ketdiku natijada kechikkan davri uchun zarar ko'rmaymizmi?" degan savollar paydo bo'lmoqda. Shu bois quydagilarni eslatib o'tmoqchimiz.
Soliq kodeksi qoidalariga ko'ra, yengillashturuvchi holat orqaga qaytish quchiga ega. Shu sababli 1-apreldan soliq imtiyozi qo'llanaveradi, ota onalar zarar ko'rmaydi. Faqat buning uchun ota-onalar xususiy bog'cha va maktabga qilingan to'lovlari haqidagi kvitansiyalarini saqlab qolishlari kerak bo'ladi. Yil oxirida ular barcha to'langan ma'lumotlarini soliq idorasiga taqdim etishlari va ortiqcha to'langan daromad solig'i qismini qaytarib olishlari mumkin bo'ladi.
Masalan: oyiga 3 million sumdan xususiy maktabga to'lov qilinayotgan bo'lsa, yiliiga jami 36 mln so'm bo'ladi. Yil tugagach, barcha 12-oylik to'lovlarni tasdiqlovchi qog'oz yoki elektron kvitansiyalar soliq organiga topshiriladi. Soliq organi esa ushbu summadan 12 %lik daromad solig'ini, ya'ni 4 mln 320 ming so'mni sizga qaytarib beradi.
Ushbu imtiyoz aprel oyidan amal qilishini hisobiga olib, joriy oydan boshlab to'lovlaringizni tasdiqlovchi ma'lumotlarni to'plashni unutmang! Ayrim xususiy bog'cha va maktablar oylik to'lov pulini kassa yoki terminal emas biror xodimning plastik kartasiga pul o'tkazmasi sifatida tanlashni so'rashadi. Bunaqa vaziyatda siz aynan bog'cha va maktabga to'lov qilganingizni isbotlab olmay qolasiz. Shu sababli to'lovni rasmiy yo'llar orqali amalga oshiring. Ta'lim muassasasi ma'muriyatidan ham buni talab qiling.
Z. Rahmatjonov - So'x tuman Davlat soliq inspeksiyasi
Tadbirkorlarni soliq bo'yicha qo'llab-
quvvatlash sho'basi xodimi, inspektor