Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Murojaatdan so'ng

×

 2022-05-04 16:21:51    168

PDF yuklash
Chop etish


Murojaatdan so'ng

         Xabaringiz bor, aprel oyining oxirida tumanning 1-sektoridagi Qal'acha mahallasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etgan sayyor qabulda mahalla ahli hududda elektr energiyasiga bog'liq muammolar borligi va muammolarni bartaraf etish maqsadida amaliy ishlar qilinishi lozimligini ta'kidlab, ichki ko'chalardagi simyog'ochlar holati ayanchli ekanligi va temir-beton tayanchlar olib kelinishida yordam so'rab murojaat etgan edilar.

         Mazkur murojaatdan so'ng ayni Ramazon hayiti kunlarida mahallaga yangi temir-beton tayanchlar olib kelindi.

         - Olib kelingan tayanchlarnining umumiy soni 60 tani tashkil etadi. Albatta, mahalladagi elektr energiyasi bilan bog'liq muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish maqsadida yana temir-beton tayanchlar olib kelamiz va bu olib kelingan tayanchlar o'ta muammo bo'lgan ko'chalarga o'rnatiladi, - deydi tuman ETK rahbari Sherzod Rahimov.

         Bildirilgan murojaatlari ijobiy hal etilganidan xursand bo'lgan Qal'achaliklar tuman hokimiga samimiy minnatdorlik bildirishayotir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati