Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Aziz vatandoshlar, qadrli va hurmatli So'xliklar!

×

 2022-05-02 09:22:56    71

PDF yuklash
Chop etish


Aziz vatandoshlar, qadrli va hurmatli So'xliklar!

        Sizlarni Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! Bu islom dunyosida muhim va hurmatli bayramdir. Ramazon hayiti ma'naviy yangilanish va mukammallikka yetaklovchi va ezgulikka olib keladigan muqaddas Ramazon oyini yakunlaydi. Imoniylik bilan uyg'un bo'lgan axloq va birodarlik, kamtarlik va kamtarinlik milliy tarbiyaning boshidir. Biz buni bugungi avlod uchun hayot tarziga aylantirishimiz kerak. Bayram kunlari butun musulmon jamoasi bir-birlariga g'amxo'rlik qilishadi va muhtojlarga yordam berishadi. Bunday xayrli ishlar birligimizni mustahkamlaydi. Ramazon oyida sabr saqlab, matonat namoyon etganimiz tufayli pandemiya bilan bog'liq vaziyat barqarorlashdi. Ishonch bilan ayta olamizkim, xalqimizning sabru matonati, birdamligi, hamjihatligi, ӯzaro mehr-oqibat va yakdilligi natijasida albatta, butun dunyo boshiga tushgan sinvolarni yengamiz.

        Saxovatli xalqimizning Vatanimiz ravnaqi yӯlida qilayotgan say-harakatlariga yanada omad va zafarlar tilayman. Fursatdan foydalanib, barcha So'x tumani aholisini shaxsan o'zim nomimdan, tuman hokimligi nomidan samimiy muborakbod etaman! Ramazon Hayitingiz muborak bo'lsin! Barchangizga sihat-salomatlik, farovonlik, oilangizga tinchlik, baxt va muvaffaqiyatlar tilayman!

                   Sayidbahrom Sayidmusayev  - So'x tumani hokimi