Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUDUDLARDAN XABARLAR

×

 2022-04-29 16:33:10    75

PDF yuklash
Chop etish


HUDUDLARDAN XABARLAR

         1-sektor hududidagi Sohibkor mahallasida joylashgan “Sarbast” ko'chasiga tuman obodonlashtirish idorasi xodimlari tomonidan tungi yoritgichlar o'rnatildi. Murojaatlari bee'tibor qolmaganidan xursand mahalliy aholi buning uchun samimiy  minnnatdorlik bildirishmoqda.

         Tul mahalla fuqarolar yig'inida ham ichimlik suvi tarmog'i tortish ishlari olib borilmoqda. Soha vakillari tomonidan suv quduqlari va hisoblagichlar o'rnatilishi jadallik bilan olib borilyapti.

         Har bir qarich yerdan samarali foydalanish maqsadida ish boshlagan G'aznovliklar bu ishga mahkam bel bog'lashgan. – Mahsulotlarimizni bozorda sotolmasak ham, o'zimizning zaxiraga yetadi, - deyishmoqda mahalla fuqarolari.

         Qal'acha mahallasining Javpaya massivida ham ishlar qizg'in. Farg'ona viloyati mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan olib kelingan 20 000 dona pomidor ko'chati fuqarolarga tarqatib berildi. Demak, mahallalardagi hokim yordamchilari ham Javpaya massivida ishsiz qolishmaydi.

         Guliston mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi kam ta'minlangan fuqarolarga tuman hokimi nomidan shiferlar yetkazib berildi. Bu albatta, ramazon oyida eng savobli ish sanaladi. - Mahalla ahli tuman hokimidan xursand, - deydi mahalla raisi Isojon Kabirov.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati