Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Besh tashabbus olimpiadasi

×

 2022-04-27 10:36:15    149

PDF yuklash
Chop etish


Besh tashabbus olimpiadasi

         "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida "Yoshlar ishlari Agentligi kubogi"ni qo'lga kiritish uchun o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha musobaqalarning sektor kesimidagi bosqichi tumanning 1, 3 va 4-sektorlarida ham bo'lib o'tdi.

         Guliston mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Mehriddin Muxtorovning bizga ma'lumot berishicha, musobaqalarning birinchi bosqichida sektorning 7 ta mahallasidan qariyb 150 nafar shaxmatchilar qatnashdi. Sektor kesimidagi musobaqalarda 42 nafar shaxmatchilar birinchilik uchun o'zaro bellashdilar.

         Aytganimizdek, sektor kesimidagi musobaqalar g'olibi tuman bosqichiga yo'llanma oladi. Sektor kesimidagi bellashuvlar yosh shaxmatchilar o'rtasida 30 aprelgacha davom etadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati