Xotin-qizlar faollari ishini samarali tashkil etish bo'yicha o'quv seminari o'tkazilmoqda
2022-04-27 10:00:57 194
Xotin-qizlar faollari ishini samarali tashkil etish bo'yicha o'quv seminari o'tkazilmoqda
So'x tumanida mahallalardagi xotin-qizlar faoli lavozimiga saralab olingan nomzodlarning bilim va ko'nikmalarini oshirish, kelgusida ular faoliyatini samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida ikki kunlik o'quv seminari boshlandi.
O'quv seminarning ochilishida tuman hokimi birinchi o'rinbosari Ilhom Tojiboyev ishtirok etib, xotin-qizlar faollari oldida turgan muhim vazifalar xususida o'z fikrlarini bildirdi.
Ma'lumki, Prezidentimizning 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga asosan barcha mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinib, So'x tumanidagi 27 ta mahalla fuqarolar yig'inlariga ushbu lavozimga nomzodlar ochiq tanlov asosida saralab olindi.
Xotin-qizlar malakasini oshirishga qaratilgan tashkil etilgan o'quv seminarda yetakchi mutaxassislar tomonidan sohaga oid yangiliklar xususida atroflicha ma'lumotlar berilyapti.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati