Korruptsiya – “bedavo dard” emas
2022-04-19 13:18:12 164
Korrupsiya – “bedavo dard” emas
Davlatimiz rahbari tomonidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida izchil va keng ko'lamli islohotlar, xalq farovonligi yo'lida bir talay ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda korruptsiya bilan bog'liq noxush holatlar hamon uchrayotganligi achinarli hol, albatta.
Korruptsiyaga qarshi kurashish, jamiyatda ushbu illatga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni qabul qilinib, bir qator idoralarga keng vakolatlar berilib, ularning aniq vazifalari ko'rsatib o'tildi.
Shu bilan birga Qonunda korruptsiya atamasiga ham ta'rif berib o'tilgan.
Unga ko'ra, korruptsiya - shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Shuningdek, mazkur Qonun bilan hozirgi kunda jamiyatimizda eng ildiz otgan salbiy holatlardan biri bo'lgan manfaatlar to'qnashuviga ham to'xtalib o'tilgan.
Ya'ni, manfaatlar to'qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir ko'rsatayotgan yoxud ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o'rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan vaziyat.
Biz bejizga bu ikki masalaga to'xtalmadik.
Chunki, qayerda manfaatlar to'qnashuvi kuzatilsa, o'sha yerda korruptsiogen xavf-xatar yuzaga kelish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi.
Ushbu holatlar korruptsiyaga qarshi ma'muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko'rilishini taqozo etmoqda.
Bundan tashqari so'nggi yillarda yurtimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida keng ko'lamli islohatlar amalga oshirilmoqda, mazkur islohotlarning amalga oshirilishida xarakatlar strategiyasi, taraqqiyot strategiyasining o'rni beqiyosdir, ushbu strategiyalarda belgilangan barcha ustuvor yo'nalishlarning to'liq amalga oshirilishi nazoratga olinmoqa, xususan sud huquq sohasida ham mazkur strategiyalarda alohida yo'nalishlar belgilanib, sudьyalarning chinakam mustaqilligini ta'minlanmoqda hamda sud tizimida korruptsiyaning oldini olish, sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va shaffoflikni ta'minlash borasida tegishli farmon va qarorlar qabul qilnmoqda.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki ko'plab qonunlarni qabul qilinishi korrupsion holatlarni oldini olish uchun xizmat qiladi.
Sherzod Madumarov - jinoyat ishlari bo'yicha
So'x tuman sudining raisi