SIYoSIY JARAYoNGA TAYYoRGARLIK
2022-04-15 17:06:19 118
SIYoSIY JARAYoNGA TAYYoRGARLIK
Respublikamizda mahalla tizimini yanada takomillashtirish, o'zini o'zi boshqarish organlariga berilayotgan e'tibor zamirida fuqarolar manfaati mujassamligi ayni haqiqat.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi 2022 yil 16 martdagi “Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi KQ-320-IV-sonli qarori asosida respublikamizda fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi 2022 yilning may oyida o'tkazilishi belgilangan.
Mazkur siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko'rish va uni barcha talab va qonuniy tartiblarga asosan o'tkazish, fuqarolarni saylovga doir siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada kengaytirish, saylovga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazishga doir zaruriy ishlarni tashkil etish mavzusida tuman hokimligida amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Tashkil etilgan tadbirda fuqarolar yig'inlari (oqsoqollari) sayloviga ko'maklashuvchi viloyat komissiya raisi Zohidov Zokirjon To'xtasinovich hamda viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish instituti rahbari Ahmedov Adhamjon Jalolovichlar ishtirokchilarga saylovga doir qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar haqida to'liq ma'lumotlar berdilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati