ChET TILLARINI O'QITISh – DAVR TALABI
2022-04-13 14:03:07 108
ChET TILLARINI O'QITISh – DAVR TALABI
Respublikamizda xorijiy tillarni o'rgatishga qaratilgan e'tibor barkamol avlod kelajagini ko'zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Farg'ona viloyati hududiy vakilligi rahbari Azizaxon Rahmatovaning So'x tumaniga tashrifi chog'ida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, So'x tumani umumiy o'rta ta'lim maktablarida fa'oliyat olib borayotgan xorijiy til o'qituvchilari uchun tashkil etilgan o'quv-seminar hamda ingliz tili fan o'qituvchilariga xalqaro TKT imtihoni uchun bepul MOSK tajriba sinov testlari o'tkazib berilishi tuman halq ta'limi bo'limi bilan o'rnatilgan mustahkam hamkorlik natijasidir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi 312-sonli qaroriga asosan 2021-2022 o'quv yilida So'x tumani Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga nemis tilini o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab maqomi berildi va har o'quv yilida belgilangan kvotalar asosida 5-sinfdan boshlab maxsus test sinovlari asosida o'quvchilarni qabul qilish yulga quyildi.
So'x tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri Behro'z Huseynovning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, bugun ushbu ta'lim muassasasiga 129 million so'mlik mebelь jihozlari va kompьyuter jamlanmalari, zamonaviy elektron jihoz va televizorlar, turli didaktik materiallar keltirilib maktab jamoasiga topshirildi.
- Keltirilgan barcha zamonaviy asbob-uskuna va dastgohlar maktabda nemis tilini chuqur o'rgatishga yo'naltiriladi. Ayni damda buning uchun maktabda maxsus kabinet jihozlanmoqda, - deydi xalq ta'limi bo'limi mudiri.
Ma'lumot uchun: So'x tumanida 32 ta umumiy o'rta ta'lim maktablari bo'lib, 3 ta maktabda frantsuz, 7 ta maktabda nemis va 22 ta maktabda ingliz tilini o'qitish yo'lga qo'yilgan.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati