QAROR VA IJRO
2022-04-13 13:38:40 122
QAROR VA IJRO
Farg'ona viloyati hokimining joriy yil 6 aprelь kunidagi 147-11-0-F/22-sonli qaroriga asosan viloyatimiz hududida 2022 yilning 1 aprelidan 1 may kuniga qadar “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”ni o'tkazish belgilangan.
Qarorga binoan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi huzurida tegishli tashkilot va idoralar vakillaridan iborat tarkibda shtab tashkil etilgan va bunday shtablar faoliyati viloyatimizning barcha tuman va shahralarida ham yo'lga qo'yilgan.
Shtab vakillari zimmasiga tuman va shaharlar hududidan oqib o'tuvchi daryolar, soylar, kanallar hamda aholi punktlaridagi ariqlar va boshqa irrigatsiya tizimlarining holatini o'rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rish, mavsum davomida sel oqimlari va suv toshqinlarini hududdan betalofat o'tkazib yuborish bo'yicha barcha ichki ariqlar, zovurlar va kanallarni tozalash, barcha korxona, tashkilot va muassasalarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi bo'yicha kompleks profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirish, aholining barcha qatlamlari o'rtasida favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish va ularda to'g'ri harakat qilishni o'rgatish bo'yicha keng ko'lamdagi targ'ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish yuklatilgan.
So'x tumani favqulodda vaziyatlar bo'limi FVDT va FM bo'linmasi boshlig'i Farxiddin Saidovning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, oylik doirasida So'x tumanida ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi tarqalishi bilan bog'liq zonooz kasalliklar tarqalishini oldini olish hamda profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida, hamkorlikdagi xizmatlar bilan tashkil etilgan amaliy seminar jarayonida bu kasallikni oldini olish maqsadida, chorvachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklari, aholi xonadonlari, chorva mollari parvarishi bilan shug'ullanuvchi fuqarolar bilan ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi kanalarni yo'qotish va ulardan saqlanish uchun bajariladigan profilaktik tadbirlar, davra suhbatlarini yanada kuchaytirish kelishib olindi.
Tuman hududidagi savdo rastalari va bozoralarga tashkil etilgan reydlar davomida sotuvga qo'yilgan turli xil salat va gazaklar, uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlar holati, ularning sanitariya-gigiyena talablariga mos ekanligi tekshirildi va bunday mahsulotlar savdosi bilan shug'ullanadigan sotuvchilar bilan individual so'hbatlar o'tkazildi. Ularga qaror mazmun-mohiyati va bunday mahsulotla iste'moli oqibatida kelib chiqadigan ayanchli holatlar haqida tushuntirildi.
Tashkil etilayotgan tadbirlardan ko'zlangan maqsad, aholi o'rtasida oziq-ovqatdan zaharlanish holatlari va turli kasalliklarning oldini olish hamda fuqarolarni ogohlikka chaqirishdan iborat.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati