Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“DXX KUBOGI” GA START BERILDI

×

 2022-04-11 12:43:14    112

PDF yuklash
Chop etish


“DXX KUBOGI” GA START BERILDI

         Respublikamiz miqyosida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan yangicha ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  qarori hamda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika komissiyasining 2022 yil 18 martdagi topshirig'i ijrosini ta'minlash, shuningdek, davlatimiz rahbari belgilab bergan 5 ta tashabbusning sport yo'nalishida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

         Ayniqsa, bu yo'ynalishda chekka hududlarda ham turli sport tadbirlari o'tkazilyapti. Bunday tadbirlar barkamol va jismonan baquvvat bo'lgan yoshlarni kamol toptirishda katta ahamiyatga ega.

         Bugun tumanimizning bolalar va o'smirlar sport maktabida yana bir sport tadbiriga start berildi. Tumanimiz yoshlarining o'rtasida “DXX kubogi” ni qo'lga kiritish uchun futbol, mini futbol va shaxmat bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi.

         Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha yosh sportchilarga omad tilab, tashkillanayotgan sport tadbirlari yoshlarning nafaqat jismoniy, balki ro'hiy kamolotida ham alohida o'rin egallashini qayd etdi.

         Tartibga ko'ra, 18-30 yoshdagi yoshlar futbol va mini futbol turi bo'yicha o'zaro kuch sinashadi. Shaxmat musobaqasi nogironligi bor, jismoniy jihatdan imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi.

                   So'x tumani hokimligi axborot xizmati