JAMOAT XAVFSIZLIGINI TAЪMINLAShNING ASOSIY MEZONI O'ZARO HAMKORLIKDIR
2022-04-11 12:10:11 154
JAMOAT XAVFSIZLIGINI TAЪMINLAShNING ASOSIY MEZONI O'ZARO HAMKORLIKDIR
2021 yil 29 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 27-sonli “O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni qabul qilingan va ayni kunlarda Respublikamizda mazkur Farmonning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilayotir. Tumanimizda ham mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida bo'lib o'tgan yig'ilishda mazkur Farmon mazmun-mohiyati tuman hokimligi majlislar zalida ishtirok etgan mutasaddilarga tushuntirildi uning asosiy printsip va maqsadlari haqida ma'lumotlar berildi.
Huquq-tartibot va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari tomonidan mavzuga oid ma'ro'zalar qilindi. Tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i o'rinbosari Adhamjon Shokirov va tuman prokurori o'rinbosari Olimjon Do'stovlar tomonidan Farmon haqida ishtirokchilarga to'liq ma'lumotlar yetkazildi.
Tadbirda jamoat xavfsizligini ta'minlash yo'nalishidagi ishlarni «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida tashkil etish, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o'zaro maqsadli hamkorligini yo'lga qo'yilishi maqsadga muvofiq ekanligi alohida ta'kidlandi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati