Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO'XDA KARTOShKA EKISh BOShLANDI

×

 2022-04-11 11:24:22    64

PDF yuklash
Chop etish


SO'XDA KARTOShKA EKISh BOShLANDI

         Qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan tumanimizda bu yilgi hosil uchun ayni kunda qizg'in ishlar amalga oshirilmoqda. So'xlik bobodehqonlar ona-erga rizq-ro'zimiz bo'lgan turli mahsulotlarni qadashmoqda.

         So'x kartoshkasining dovrug'i butun dunyoda doston bo'lgan desak, aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. So'xda kartoshkachilikning o'ziga xos maktabi shakllangan. Agrotexnik talablar asosida ekilgan va parvarishlangan kartoshkaning bir gektaridan mirishkorlarimiz 60 tonnagacha hosil olishgan.

         Ayni kunda tumanimizdagi barcha dehqon va fermer xo'jaliklarida, shirkatlarda kartoshka ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Barcha soha vakillari - mirishkor dehqonlarimiz xirmoniga baraka tilaymiz.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati