Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'QITUVChI FAOLIYaTINI BAHOLAShDAGI TO'SIQLARGA BARHAM BERISh – DAVR TALABI

×

 2022-04-04 16:35:38    122

PDF yuklash
Chop etish


O'QITUVChI FAOLIYaTINI BAHOLAShDAGI TO'SIQLARGA BARHAM BERISh – DAVR TALABI

         O'qituvchi, muallim - millat siymosi har bir jamiyatning eng ilg'or va faol vakili hisoblanadi. Muallim qadrini ulug'lash millatni ulug'lash demakdir. O'qituvchi mehnatini munosib rag'batlantirish va muallimlarga munosib mehnat sharoitini yaratib berish davlat siyosati darajasidagi masala ekanligi hech kimga sir emas. Biroq, shunday holatlar ham uchrab turadiki muallimlar faoliyatini baholashda to'siq bo'lib qoladi.

         So'x tumaniga tashrif buyurgan O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri Saidov Baxtiyor Odilovich bilan ham mazkur masalalar o'rganildi.

         Joriy yilning 25-26-mart kunlari boshlang'ich ta'lim fanidan malaka (test) sinovlarida ishtirok etgan  pedagog kadrlarning javob natijalarini hisoblashda (faqat tojik tilidagi o'qituvchilarning!) bir necha omillar tufayli ular yetarli ballarni yig'a olmagan. Bu holat 90 foizdan ortiq muallimlarda aniqlangan(!). Xo'sh bunga sabab nima? Naxodki o'qituvchilarning bilimi bugungi me'yorlar talabiga javob bera olmasa? Mana shunday savollar bilan o'qituvchilarimiz xalq ta'limi vaziriga murojaat etishdi va ushbu muammoni yechilishida amaliy kumak so'rashdi.

         Ma'lum  bo'lishicha, test sinovlardagi savollarda ko'p texnik xatolik, sohaga oid bo'lmagan savollar, “Metodika” va “Malaka oshirish kurslari” tojik tilida yo'qligiga qaramay mana shu fanlardan savollar borligi aniqlangan.

         - Mana shu muammo va kamchiliklarni bartaraf etish va texnik xatoliklar sabab o'qituvchilar sha'niga noloyiq baho berishga olib kelgan omillarga barham berishingizni iltimos qilaman. Agar mana shu sabab va salbiy oqibatlarga olib keladigan omillarga barham bermas ekanmiz, tumanimiz mavqei va olgan o'rni ham har doim orqada qolib ketadi, - deya vazirga murojaat etdi 1-sonli UO'T maktabi o'qituvchisi Mullojon Fayziddinov.

         Ma'lum bo'lishicha, bu holat nafaqat Farg'ona viloyatida, balki Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ham kuzatilgan va aniqlangan.

         Mazkur holat yuzasidan tezkor chora-tadbirlar belgilash, muammo negizini aniqlash va darhol bartaraf etish vazifalari A. Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti rektori zimmasiga yuklatildi.

         Shuningdek, Respublika xalq ta'limi vaziri tashabbusi bilan A. Avloniy nomidagi institut saytining platformasida tojik tilini o'qitish va uni targ'ib etishga qaratilgan yangi sahifa ochiladigan bo'ldi.

         - Birinchi navbatda mazkur platforma orqali biz turli tanlov va sinovlar bilan o'qituvchilarimiz bilim darajasini sinovdan o'tkazamiz. Ularni rag'batlantirish choralarini ko'ramiz. Keyingi bosqichda bunga o'quvchilarni jalb etamiz. O'qituvchi mehnatini qadrlash va munosib rag'batlantirish bizning asosiy vazifamiz, - dedi vazir uchrashuv chog'ida.

         Mazkur yangi sahifaga O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri tavsiyasi bilan aynan So'x tumani 1-sonli UO'T maktab o'qituvchisi Mullojon Fayziddinov mas'ul etib tayinlandi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati