Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVATPEShA INSONLAR HIMMATI

×

 2022-04-04 12:21:25    72

PDF yuklash
Chop etish


SAXOVATPEShA INSONLAR HIMMATI

         Bahor fasli kelishi bilan tumanimizda hasharlar mavsumi ham boshlanadi. Obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish maqsadida So'xning har bir mahallasida fidoiy insonlar hasharga chiqishadi.

         Yangiariq mahalla fuqarolar yig'ini raisi, tuman Kengashi deputati Amirali Safarovning so'zlariga ko'ra, bu udumga yangiariqliklar o'zgacha yondoshib, mehnat qiladilar. Chunki bir haftadan ortiq vaqt davomida mahalla arig'ini tozalashga hashar tashkil etildi. Mahallaning aksariyat fuqarosi bu ishga qatttiq bel bog'lab, mehnat qilishdi.

         Ayni kunda esa, mahalla ahli hudud qabristonida yana bir xayrli va savob ishni bajarishayotir. Yangiariq mahallasi qabristoni obod etilib, bu yerda yangi shiyponlar barpo etilmoqda.

         - Mahallamiz ahlining yakdilligini tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ham o'z ko'zlari bitlan ko'rdilar. Sahovatpesha insonlarga nisbatan minnatdorlik bildirgan tuman hokimi biz bilan qabriston hududiga terak ko'chatlari o'tqazdilar. Terak qalamchalari ekilishida ham hamrohlik qilishdi. Albatta, bu daraxtlar ko'kka bo'y cho'zib, daraxtlarga, azim daraxtlarga aylansa, olingan yog'ochlar yangi binolarga va moddiy manfaatdorlik mahalla muammolarini hal etilishiga yo'naltiriladi, - deydi mahalla raisi.

         Ayni kunda tumanimiz uzra "yashil makon" umumimilliy loyihasi izchillik bilan davom etmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati