Inson sha'ni – qonun himoyasida!
2022-04-04 09:33:48 135
Inson sha'ni – qonun himoyasida!
Jamiyatimizda azaldan qarindosh-urug', qo'ni-qo'shnilar bilan tinch, xotirjam va ahillikda yashab kelib hislatlari muqaddas hisoblangan.
Lekin, guruch kurmaksiz bo'lmaganidan, arzimagan sabab va bahonalar bilan mahalla-ko'y, yoru-birodarlar o'rtasida turli xil ko'ngilsiz hodisa sodir etayotgan fuqarolar ham uchrab turibdi.
Jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiinnig 41-moddasida ko'rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan I.Masharipov va L.Ashuraliyev (ism-familiyalari o'zgartirilgan)larga nisbatan xaqorat qilish bilan bog'liq bo'lgan ma'muriy huquqbuzarlikka oid ish ko'rib chiqildi.
Jumladan, huquqbuzarlar I.Masharipov va L.Ashuraliyevlar jabrlanuvchi N.Komilov bilan o'zaro kelishmovchilik sababli janjallashib, janjal davomida N.Komilovni turli uyatli so'zlar bilan so'kib, sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitishib, haqorat qilishgan.
Sud, sud majlisi davomida, huquqbuzarlar va jabrlanuvchining ko'rsatuvlarini tinglab, ishdagi holatlar va to'plangan dalillarga ob'ektiv baho berib, huquqbuzarlarning qilgan qilmishidan pushaymondaligini, oilaviy sharoitini va boshqa bir qator holatlarni inobatga olib, ularga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekning 33-moddasini qo'llab, jarima jazosi tayinladi.
Sherzod Madumarov - Jinoyat ishlari bo'yicha
So'x tuman sudining raisi