Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO'X TUMANIDA “KITOBLAR KARVONI” TAShKIL ETILDI

×

 2022-04-02 18:01:52    66

PDF yuklash
Chop etish


SO'X TUMANIDA “KITOBLAR KARVONI” TAShKIL ETILDI

         Kitob bilim bulog'i, inson ma'naviyatini yuksalishida muhim manba sanaladi. Respublikamizda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularda kitobga bo'lgang zavq-shavqni yanada kuchaytirish bo'yicha tizimli va keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

         Tumanimizda Respublika “Ziyonashr” nashriyoti va ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida tashkil etilgan “Kitoblar karvoni” aktsiyasi ham ayni mana shu ezgu maqsadlarni o'zida mujassam etgan tadbir sanaladi.

         Dastlab mazkur tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad nimadan iborat ekanligi tuman madaniyat markazida bo'lib o'tgan uchrashuvda soha xodimlariga tushuntirildi. Tadbirning asosiy maqsadlari bo'yicha ma'lumot bergan “Ziyonashr” vakillari tuman hududida kitob yarmarkalarini tashkil etish rejalari haqida gapirdilar.

         Tadbirda ishtirok etgan viloyat va tuman hokimligi vakillari, ma'naviyat va ma'rifat tuman bo'linmasi, MTM mudiralari va UO'T maktablar direktor o'rinbosarlari, Axborot kutubxona markazi xodimlari tashkilotchilaridan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

         Uch kun davomida o'tkazilgan kitob yarmarakalariga tumanning barcha ta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, maktab o'quvchilari jalb etildi. Yosh o'quvchi va talaba yoshlarga olib kelingan 18 000 dona yangi badiiy adabiyotlar taqdim etildi. 7, 12, 14, 17, 22, 24, 28 umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilgan kitob yarmarkalari ayniqsa, talaba yoshlarning faolligi ostida bo'lib o'tdi.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati