Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUD RAISLARI IShTIROKIDA DAVRA SO'HBATI O'TKAZILDI

×

 2022-04-02 17:57:29    76

PDF yuklash
Chop etish


SUD RAISLARI IShTIROKIDA DAVRA SO'HBATI O'TKAZILDI

         Jamiyatda sog'lom turmush tarzini targ'ib etish va shu bilan uni fuqarolar ongiga singdirish va qaror toptirishda huquqni himoya qiluvchi organlar vakillarining hissasi beqiyos. Ayni jinoyatchini jazoga tortishga qadar jinoyat oldini olish afzalroqdir.

         Tumanimizda faoliyat olib borayotgan fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha sudlar hamkorligida mana shu yo'nalishlarda keng ko'lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Tuman tibbiyot birlashmasida o'tkazilgan davra so'hbatida sudlar rasilari ishtirokida chaqaloq savdosini oldini olish, uy-joy masalalariga bog'lik qonun xujjatlari va qonunchilikdagi o'zgarishlar buyicha so'hbat o'tkazilib, soha vakillariga bu bo'yicha huquqiy  tushuntirishlar  berildi.

         Afsuski, bugun jinoyat yo'liga ko'proq yoshlar kirib bormoqda. Mana shunday holatlarni oldini olishda ham targ'ibot va tashviqot ishlarining hissasi beqiyos.

         So'x tuman fuqarolik ishlari buyicha sudi raisi Sh.Abdullayev va jinoyat ishlari buyicha tuman sudi raisi Sh.Madumarovlar ishtirokida tumandagi Guliston mahallasida joylashgan kasb-hunar maktabida huquqbuzarlik profilaktikasi, jinoyatchilikni oldini olish, hamda konundagi o'zgarishlar bo'yicha davra so'hbati o'tkazildi. Tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutasadilardan javoblar oldilar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati