Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO'X TUMANI HOKIMI QO'QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI BILAN OChIQ MULOQOT O'TKAZDI

×

 2022-04-02 17:24:05    200

PDF yuklash
Chop etish


SO'X TUMANI HOKIMI QO'QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI BILAN OChIQ MULOQOT O'TKAZDI

         Bugun viloyatimizda o'ziga xos mavqega ega bo'lgan Qo'qon davlat pedagogika institutida "Hokim va talaba yoshlar uchrashuvi" doirasida “So'x tumanida yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi” mavzusida So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va mazkur oliygoh talabalari o'rtasida ochiq muloqot o'tkazildi.

         So'xlik mehmonlarni ko'tarinki kayfiyat bilan kutib olgan institut rektorati tumanimiz mutasaddilariga bunday tashabbus uchun minnatdorlik bildirishdi. So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ham o'z navbatida institut rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, So'xlik talaba yoshlar hamisha va har doim e'tiborda ekanliklarini ta'kidladi.

         Ma'lumotga ko'ra, ayni kunda Qo'qon davlat pedagogika institutida So'x tumanidan 223 nafar talaba yoshlar turli yo'nalishlarda tahsil olishadi. Barcha talabalarga qulay sharoitlar yaratib berilgani talaba yoshlar tomonidan ochiq muloqot davomida ta'kidlandi.

         Ochiq muloqot jarayonida So'x tumanida yoshlarga oid davlat siyosatiga oid olib borilayotgan ishlar xususida O'zbekison Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligi So'x tumani bo'limi rahbari Isojon Mastonov ma'lumot berdi.

         So'x tumani hokimi ham o'z so'zida davlatimiz rahbari tomonidan So'xlik yoshlarga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, So'xlik talaba yoshlar ham berilayotgan e'tiborga nisbatan "labbay" deya javob berayotganliklarini qayd etdi. Buni yoshlarimizning qo'lga kiritayotgan muvaffaqiyatlar ham isbotlab beradi.

         Misol uchun, Qo'qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti 2-bosqich talabasi Rahmonjon Kimsanboyev Qozoqiston poytaxti  Nursulton  shahrida bo'lib o'tgan MDH (Mustaqil davlatlar hamdo'stligi) miqyosida o'tkazilgan “Luchshiye molodiye uchyonыye-2021” tanlovining tarix yo'nalishi buyicha tayyorlagan ilmiy ishi bilan ishtirok etib, faxrli birinchi o'ringa  munosib deb topilib, oltin medalь bilan taqdirlandi.

         - Bu yoshlar bizning, So'x xalqining faxri va iftixorlaridir. Biz hali bunday olim va bilimli yoshlarimiz bilan yuksak marralarni zabt etamiz,-  dedi tuman hokimi o'z so'zi davomida.

         Mazkur tadbir davomida talaba yoshlarning qo'lga kiritayotgan muvaffaqiyatlari qatorida ularning muammo-kamchiliklari ham o'rganildi. Barcha muammolarning yechimi bo'yicha chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijobiy ijrosi bo'yicha tizimli va amaliy ish olib borish uchun ko'rsatmalar berildi.

         Tadbir davomida So'xlik talaba yoshlar hisobidan volontyorlar guruhini tashkil etish taklifi bildirildi. Bu guruh nafaqat So'x tumanida, balki viloyatimiz miqyosida turli jabhalarda, xayrli ishlarni amalga oshirishi ta'kidlandi. Rahmonjon Kimsanboyev bergan taklif barcha ishtirokchilar tomonidan ma'qullandi.

         Talabalarni o'quv kurslari va o'quv markazlariga jalb etish bo'yicha “40+10” loyihasini amalga oshirish taklifi So'xlik Shohboz Bahodirjonov tomonidan bildirildi. Ushbu taklifni amalga oshirish bo'yicha So'x tumani hokimligi amaliy yordam berishga tayyor ekanligi ta'kidlandi. Taklif g'oyasi shundan iboratki institut talabalari tomonidan o'quv markaziga 50 nafar talaba jalb etiladi va ushbu guruhdan 10 nafar yoshlarning markazda bepul tahsil olishi ta'minlanadi.

         Tadbir o'zaro savol-javob va foydali fikr-mulohazalarga boy o'tdi. Bunday tadbirlar Respublikamizning barcha oliy ta'lim maktablarida So'xlik talaba yoshlar ishtirokida tashkil etilishi belgilab olindi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati