MUNOSIBLAR TANLAB OLINADI
2022-04-02 17:18:44 162
MUNOSIBLAR TANLAB OLINADI
Prezidentimizning 2022 yil 1 martdagi "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoniga asosan jamiyatda tizimli islohotlar amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur Farmon asosida hududlarda faoliyati yo'lga qo'yilayotgan "Xotin qizlar faoli" lavozimiga ayni kunda nomzodlarni tanlash ishlari olib borilmoqda.
Barcha hududlarda bo'lgani kabi bizning tumanimizda ham Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg'ona viloyati filiali, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda So'x tumanidagi 27 ta mahalla fuqarolari yig'inlaridagi vakant lavozimlarga o'tkazilgan ochiq tanlov natijalari yuzasidan nomzodlar bilan suhbat o'tkazildi.
Tuman sektorlari rahbarlari ishtiroqida bo'lib o'tgan so'hbat jarayonlarida nomzodlarning bilimi va huquqiy savodxonligi sinovdan o'tkazildi. So'hbat jarayonlarida ommaviy axboro vositalari vakillari ham ishtirok etishdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati