Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MULGONDA NAVRO'Z BAYRAMI

×

 2022-04-02 17:14:59    82

PDF yuklash
Chop etish


MULGONDA NAVRO'Z BAYRAMI

         Ayni kunda tumanimiz hududlarida xalqimiz bahor mavsumiga peshvoz chiqish maqsadida belni mahkam bog'lab, obodonlashtirish ishlarida faollik bilan qatnashmoqda. Mulgon mahalla fuqarolar yig'ini raisi Furqatjon Domulloyevning so'zlariga ko'ra, Mulgonliklar mahalla arig'ini tozalash maqsadida hasharga chiqdilar.

         Hasharda faol ishtirok etgan yoshlarga mahalla oqsoqol va nuroniylari bunday hamjihatlik va birdamlik ota-bobolarimizdan qolgan umrboqiy meros ekanligini tushuntirdilar. Hasharda faollik ko'rsatgan yoshlar haqqiga duolar qilindi.

         "Yaxshi dam - mehnatga hamdam" deganlaridek, hashardan keyin mahalla guzarida Navro'z bayramiga bag'ishlab tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Bir piyola choy ustida va bayram ziyofati jaRayonida keljakdagi rejalar tuzildi va mahallani obod etish har bir fuqaro burchi ekanligi ta'kidlandi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati