Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish yetkazish jinoyatining mazmun-mohiyati va uni oldini olish choralari

×

 2022-03-31 21:33:07    642

PDF yuklash
Chop etish


Qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish yetkazish                              jinoyatining mazmun-mohiyati va uni oldini olish choralari

         Fuqarolarning sog'lig'i va jismoniy daxlsizligini jinoyatkorona tajovuzlardan muhofaza qilish O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining eng dolzarb vazifalaridandir. Inson sog'lig'i va uning daxlsizligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish, uning barcha imkoniyatlarini va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitni yaratish respublika rahbariyatining, davlatning, barcha huquqiy institutlarning, sud-tergov organlarining diqqat markazida bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunlarining asosini tashkil etadi.

         O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Inson huquqlari va erkinliklari deklaratsiyasining 13-moddasida davlat fuqarolarni ularning hayoti, sog'lig'i, shaxsiy erkinligi va xavfsizligiga bo'ladigan g'ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qiladi, deb belgilab qo'yilgan.

         Badanga shikast yetkazishni o'zga kishining sog'lig'iga uning xohishiga zid ravishda, tashqi muhit omillari ta'siri ostida to'qimalar yoki a'zolarning anatomik bus-butunligi yoki fiziologik funktsiyalari buzilishiga sabab bo'lgan g'ayriqonuniy zarar yetkazish, deb ta'riflash mumkin.

         Shu o'rinda qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish jinoyati (O'zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi)ning bevosita ob'ekti badaniga o'rtacha og'ir shikast yetkazilgan shaxsning sog'lig'i daxlsizligini ta'minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.

         Jinoyatning ob'ektiv tomoni shaxs sog'lig'iga zarar yetkazuvchi harakat va harakatsizlikda ifodalanadi.

         Aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish uchun qilmish va jabrlanuvchi sog'lig'iga o'rtacha og'ir shikast yetkazish o'rtasidagi sababiy bog'lanishni aniqlash lozim. Bunda jinoyat ob'ektiv tomonining zaruriy belgisi jabrlanuvchiga o'rtacha og'ir shikast yetkazilishi hisoblanadi.

         O'rtacha og'ir shikast og'ir shikastdan shunisi bilan farqlanadiki, ularning yetkazilishi odatda shaxs o'limiga olib kelmaydi.

         Bu mazkur tan jarohatlarining birinchi asosiy belgisi hisoblanadi.

         Ikkinchidan, o'rtacha og'ir tan jarohatlari shaxs sog'lig'iga yetarli zarar yetkazishi mumkin, lekin ular ohir tan jarohatdari singari biron bir a'zodan ajralish yoki boshqa oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

         O'rtacha og'ir tan jarohatlarining asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi:

         1) yetkazilayotgan paytda shaxs hayotiga xavfning mavjud emasligi.

         2) jabrlanuvchi sog'lig'ining uzoq muddatga yomonlashuvi.

         3) umumiy mehnat qobiliyatining uchdan biridan kam bo'lgan qismining yo'qotilishi.

                   Sog'liqning uzoq muddatga yomonlashuvi deb bevosita yetkazilgan ziyon natijasida yuzaag kelgan va 21 kundan ko'p ammo 4 oydan kam bo'lgan muddat davom etgan oqibatlar (kasalliklar, a'zolar faoliyatining buzilishi)ga aytiladi.

         Amaliyotda sog'liqning yomonlashuvi qancha davom etganligi mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asosida, ko'pincha esa jabrlanuvchining kasalxonada yotib davolanishi qancha davom etgani haqidagi ma'lumotnoma asosida ham aniqlanadi. Ammo bu unchalik to'g'ri emas, chunki bu hujjatlarda badanga yetkazilgan shikast tufayli sog'liqning yomonlashuvi qancha davom etganligi hamisha ham to'g'ri qayd etilmaydi. Negaki, kasallik varaqasi bilan tasdiqlangan mehnatga qobiliyatsizlikning davom etish muddati hamisha ham yetkazilgan shikast bilan bog'liq bo'lavermaydi va boshqa holatlar: bir vaqtda qo'zg'algan boshqa kasallik, jabrlanuvchining kasbiy xususiyatlari (oshpaz, qandolatchining qo'lida chaqa joylar borligi va hokazo) bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Aksincha, jabrlanuvchining o'z iltimosiga ko'ra kasallik varaqasi barvaqt yopilib, u to'la sog'aymasdan ishga chiqib ketadigan hollar ham bo'lishi mumkin. Shu sababdan sog'liqning uzoq vaqt yomonlashuviga olib kelgan aybdorning qilmishi O'zbekiston Respublikasi JK 105-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinganida, sog'liqning yomonlashuv muddati O'zbekiston Respublikasi JPK                                  173-moddasiga muvofiq sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasi asosida aniqlanmog'i lozim.

         Umumiy mehnat qobiliyatining uchdan bir qismidan kam qismining yo'qotilishi deganda o'n foizidan o'ttiz uch foizigacha yo'qotilishi tushuniladi.

         Mehnat qobiliyatining yo'qotilgan prtsenti sog'liqqa yetkazilgan ziyon natijasida kelib chiqqan oqibat aniqlanganda (masalan, mayda suyaklarning sinishi, a'zolarning chiqishi, qovurg'alarning sinishi, o'rtacha og'irlikdagi miya chayqalishi va hokozolar) sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanadi.

         O'zbekiston Respublikasi JK 105-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sub'ektiv tomondan to'g'ri va egri qasd bilan sodir etiladi. Jinoyat mazkur tarkiblarining mazmunini ochishda yengillashtiruvchi holatlarda odam o'ldirish bo'yicha qoidalarga rioya qilish lozim.

         O'zbekiston Respublikasi JK 105-moddasi 2-qismida javobgarlikni og'irlashtiruvchi holatlarda badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

         Bu toifadagi jinoyatlarni oldini olish borasida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi 2019 yil 10 yanvardagi Farmonida davlat va jamiyat oldiga qo'yilgan vazifalardan kelib chiqib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo'yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida, jumladan:

         jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta'lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e'tibor qaratish, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini keng targ'ib qilish;

         yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o'rgatish;

         davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ'ibotni amalga oshirish borasidagi o'zaro hamkorligini mustahkamlash;

         ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta'minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ'ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo'llashni kengaytirish;

         yuridik ta'limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

         jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish lozim.

 

 

         B. Mamajonov - Jinoyat ishlari bo'yicha

                            Farg'ona tuman sudining sudyasi