Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAR BIR JINOYaTGA JAZO MUQARRAR

×

 2022-03-31 20:22:56    166

PDF yuklash
Chop etish


HAR BIR JINOYaTGA JAZO MUQARRAR

         2021 yil noyabr oyining 22 kuni jinoyat ishlari bo'yicha Farg'ona tuman sudi o'z binosida, videokonferentsaloqa tizimidan foydalangan holda, ochiq sud majlisida ikki nafar fuqaroning jinoyati yuzasidan adolatli hukm chiqardi. Ikki nafar fuqaro o'z nafsining qo'liga aylanib qolib, jinoyat ko'chasiga kirib, oxir-oqibat o'z joylarini “qora kursi” da topib olishdi.

            Isoqov Mamadjon Radjaboyevich - 1989 yil 17 martda Tojikiston Respublikasida tug'ilgan, millati o'zbek, O'zbekiston fuqarosi, ma'lumoti o'rta-maxsus, oilali, harbiyga majbur, deputatlikka saylanmagan, muqaddam sudlanmagan, Qo'qon shahar, Shikorbegi m.f.y., Shikorbegi ko'chasi, 88-uyda yashagan, ish bo'yicha ehtiyot chorasi tariqasida 2021 yil 16 maydan qamoqda, ayblov xulosasi nusxasini 2021 yil 6 sentyabrь kuni olgan.

          Raximov Aziz Akramovich, 1989 yil 13 fevralь kuni Qo'qon shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, O'zbekiston fuqarosi, ma'lumoti o'rta-maxsus, oilali 2 nafar farzandi bor, vaqtincha ishlamaydi, harbiyga majbur emas, deputatlikka saylanmagan, muqaddam sudlanmagan, Qo'qon shahar, Muqimiy shaharchasi, Shikorbegi M.F.Y., 19-uy, 25-xonadonda yashagan, ish bo'yicha ehtiyot chorasi tariqasida 2021 yil 16 maydan qamoqda, ayblov xulosasi nusxasini 2021 yil 6 sentyabrь kuni olgan.

         Sudlanuvchi M.Isoqov va A.Rahimovlar bir guruh bo'lgani holda, oldindan jinoiy til biriktirib, jabrlanuvchi R.Mamaraimov uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib, uning ikkinchi shar'iy turmush o'rtog'i borligini oldindan bilib, ma'lumotlarni to'plab, undan mazkur ma'lumotlarni tarqatmaslik va yaqin qarindoshlari hamda oila-a'zolariga aytmaslik evaziga, 5.000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag'i berishni tovlamachilik yo'li bilan talab qilib, uni ushbu pul mablag'ini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yib, 2021 yil 15 may kuni soat 17:00 larda Uchko'prik tumani, Qaqir qishlog'idagi “Kelajak inpeks tekstil” MChJ hududida maxsus ishlov berilgan 5.000 AQSh dollari (1 AQSh dollarining so'mga nisbatan qiymati 10.542 so'm 66 tiyin) 52.713.300 so'm pul mablag'ini olib, evaziga rasmlar saqlangan “Red MI S-2” rusumli telefon apparatini bergan vaqtida tadbir uchun berilgan pullar, jabrlanuvchi R.Mamaraimovdan esa bir dona “Red MI S-2” rusumli telefon apparati hamda ikki varoq tilxat ashyoviy dalil tariqasida olingan.

         Sudlanuvchi M.Isoqov sudda, e'lon qilingan ayblovga qisman iqror bo'lib, haqiqatdan ham 2014 yildan buyon jabrlanuvchi R.Mamaraimovni tanishligi, 2018 yilda Uchko'prik tumani, Qaqir qishlog'ida joylashgan “Qaqir sanoat zonasi”dagi “Kelajak inpeks tekstil” MChJ binosini R.Mamaraimov bilan birga qurib faoliyat boshlashgani, o'zaro kelishuv asosida sexdan tushgan foyda o'rtada bo'lingan bo'lsa-da, lekin ushbu foydani o'zilariga olmasdan sexni qurilishi uchun sarflashgani, A.Raximovni o'zilariga yordamchi sifatida ishga qabul qilishib ishlagan ish xaqqini berib kelishgani, 2021 yil boshlaridan boshlab R.Mamaraimov bilan ko'p marotaba gap talashib surishib qolganidan so'ng sexga ishga borib-bormay yurgani, R.Mamaraimovdan  haqini talab qilib, sexda uni ham ulishi borligini shunga 10.000 AQSh dollar bersa sexni unga qoldirishini aytgani, R.Mamaraimov bunga rozi bo'lmasdan 4.000 AQSh dollari berishini aytgani, shunda u 8.000 AQSh dollari berishligi aytganida rozi bo'lmagani, shu orada sherigi Aziz bilan birga sexga o'rnatilgan video kuzatuv kamerasini qaytarib ko'rib turgan vaqtida R.Mamaraimovni ikkinchi shar'iy turmush o'rtog'i bilan birga sex ichida yarim-yalong'och, ikkinchi turmush o'rtog'i futbolka va shortikda yuz qo'llarini yuvib turgan xolatini ko'rib qolib o'zini telefon apparatiga 7-8 ta foto suratga olgani, Rustamaka bilan ko'p marotaba o'zaro oldi berdi masalasi bo'yicha gaplashib kelishaolishmagani, shunda Rustam aka hozirda puli yo'qligi keyinroq qilib berishligini aytib va'da berib kelgani, oxiri 2021 yil 15 mart kuniga pullarni berishga kelishgani, ammo ushbu kun kelganda ham ayrim sabablarga ko'ra pullarni bermagani bu orada Rustam aka mart oyini oxirlarida RFga ketgani, shundan keyin Rustamaka  bilan A.Raximov uchovlari kurishib pulni qachon berishligi bo'yicha gaplashib olishlik uchun 2021 yil 03 may kuni Qo'qon shahar Muqimiy shaharchasidagi avtobekatda ko'rishib bekatda gaplashganlari, ishlagan haqqini so'ragani, shundan keyin Rustam aka unga 15 may kuniga 5.000 AQSh dollari berishni va'da qilgani, 2021 yil 15 may kuni soat 09:30 larda Rustamakaga  telefon qilganida u telefonini olmagani, shuning uchun unga sms xabari yozgani, shundan keyin soat 12:00 lar chamasida Rustam aka o'zi telefon qilib, sexga kelayotganini aytib 3 soatlardan sung A.Raximov bilan birga kelishini  5.000 AQSh dollari pul tayyor ekani, u esa telefon apparatini Rustam akaga berishga kelishgani, shu sabab A.Raximov yashash xonadonida bo'lganligi uchun birga Rustam akani yoniga borishgani, sexga borishganda Rustam aka telefon apparatini ushlab turgan ekanligi, Azizxon Rustam akani telefon apparatini tashqariga olib chiqib qo'yishligini aytib Azizxonni o'zi ham telefon apparatni tashqariga olib chiqib qo'ygani va va'da qilgan 5.000 AQSh dollorni berishdan oldin, unga va Azizga tilxat yozib berishligini, tilxatda Rustam aka “meni va oilamni tinch qo'yishlik xaqida” yozib berishliklarini aytgani uchun tilxat yozib bergani, shundan keyin 5.000 AQSh dollar pul olganligini Rustam akani qaytib bezovta qilmasligini, 2014-2020 yilga qadar ishlaganligini aytib tilxatga yozib imzo qo'yib bergani, Azizxon ham Rustam akani qaytib bezovta qilmasligi, oilasiga va o'ziga taxdid o'tkazmasligini bildirib tilxat yozib bergani, Rustam aka esa unga ikkinchi turmush o'rtog'i bilan tushgan rasmlar qayerda ekanligini so'raganda unga rasmlar telefonida ekanligini aytib, telefonini «bavarya» ximoya kodini terib, uni ochib, so'ng galareya programmasida saqlab kelayotgan foto suratlarini ko'rsatgani, Rustam aka ko'rib  “gap yo'q” deb gapirganda u hamma rasmlarni o'chirib yuborgani, Rustam aka esa telefonni sindirib tashlashni aytib uni qulidan 5.000 AQSh dollari sanab olib uni quliga REDMI S-2 rusumli telefon apparatini bergani, shu vaqti IIB xodimlari kelib ushlaganligini, ularga ixtiyoriy ravishda olgan 5.000 AQSh dollarini bergani, ushbu foto suratni Rustamakani oila-a'zolariga yuborish maqsadi bo'lmagani, uni qo'rqitmaganmani faqat o'zini hissasini so'ragani, Rustamaka Qo'qon shahridan ikkinchi turmush o'rtog'iga nikoh uqititish jarayonida qatnashgani, Rustam bilan “Kelajak impeks textil” MChJni qurilishiga oq rangli, Lasetti rusumli, 40R 044 AA davlat belgili avtomashinani 8.000 AQSh dollariga sotib, pulni Rustam akaga qurilishga bergani, Aziz bu holatda guvoh bo'lgani, shuningdek Baxodir aka mashinafurush ham bu haqda guvoh bo'lgani, 8.000 AQSh dollariga yer uchastkasini sotib, ushbu pullarni xam sherigi Akmal guvoxligida sexda Rustamga bergani, oylik ish xaqidan 7.200 AQSh dollari qarzi borligi hozirgi kunda Rustam akani 23.200 AQSh dollari qarzdorligi mavjudligini, qilmishidan pushaymonligini, oilaviy sharoitini inobatga olib unga nisbatan yengillik berishni so'radi.

         Sudlanuvchi, A.Raximov sudda,  e'lon qilingan ayblovga iqror emasligini bildirib, haqiqatdan ham M.Isoqovni yoshligidan tanishi uni biznes hamkori R.Mamaraimov ekani, ular  Uchko'prik tumanida “Qaqir sanoat zonasi”da joylashgan “Kelajak inpeks tekstil” nomli MChJda ishlashi, u ham 2018 yildan buyon ular bilan birgalikda ishlab kelishi, ish xaqiga oyiga 1.000.000 so'm belgilagani, ular oldindan birga tadbirkorlik ishlarini yurgizib bir-birlari bilan yaxshi munosabatda bo'lishgani, oxirgi 1 yil ichida M.Isaqov bilan R.Mamaraimovlar bir birlari bilan chiqishmasdan gap talashib qolishgani, Rustam akani Qo'qon shahrida yashovchi ayol kishi bilan sha'riy nikoh o'qitib turmush qurishganidan xabari bo'lgani, 2020 yilning yoz oylarida Rustam aka ikkinchi turmush o'rtog'i bilan MChJ xovlisida yarim yalong'och, ikkinchi turmush o'rtog'i esa futbolka shortikda yonma-yon yurgan vaqtida MChJga o'rnatilgan video kuzatuv kamerasidan M.Isaqovni telefon apparatiga u bilan birga foto suratga olib saqlagani, M.Isaqov bilan gap talashib urishib yurgandan so'ng o'rtog'i bilan birgalikda Rustam akaga telefon qilib oylik ish xaqlarini berishni so'rashgani, shundan keyin Mamadjon bilan Rusmtam aka Qo'qon shahar Muqimiy shaharchasida joylashgan Asl choyxonasi oldidagi bekatda ko'rishib gaplashib turganidan Rustam aka uni ismimni tilga olganini eshitib ularni oldiga borgani, shunda Rustam akaga M.Isaqovni so'ragan pulini berishligini aytgani,  pulni berishligi haqida aytgan gaplari telefoniga yozib olingani, 2021 yil 15 may kuni soat 15:00 larda Rustamaka bilan telefonlashganda u yo'lda ekanligini, ukasidan pulni olib kelayotganligini aytgani soat 17:00larda sexga kelishgani, Rustamaka M.Isaqovga u bilan birga kelishni aytgani uchun u ham birga borgani, sex ichidagi xonaga kirgan vaqtlarida Rustam akani qo'lida telefon apparati turganligini ko'rib uni telefonini tashqariga olib chiqib qo'yganini, shunda  Rustam aka barsetkasi ichidan bir dasta 100 AQSh dollarilik pullarni olib, pullarni bermasidan oldin tilxat yozib berishni aytgani uchun M.Isaqov bilan unga tilxat yozib berishgani  va  5.000 AQSh dollari pulni olishgani, shunda Rustam aka M.Isaqovga ikkinchi turmush o'rtog'i bilan tushgan rasmlarini ko'rsatishligini aytgani uchun Redmi S-2 rusumli telefonidagi foto suratni ko'rsatgani, sung M.Isaqov bilan rasmlarni o'chirib tashlashgani, shundan keyin Rustamaka telefon apparatini berishni so'raganida M.Isaqov uni ichida boshqa ma'lumotlar borligini shunga telefonni sindirib tashlashlikni aytgani telefonni sindirmoqchi bo'lgan vaqtlarida IIB xodimlari ularni o'shlab ketgani, Rustam akani unga oylik ish haqidan 7.400.000 so'm qarzi borligi, surishtiruv harakatlari davomida undan kim tushintirish xati olganini bilmasligini, kompyuterda yozib unga imzo quydirishgani, advokat qatnashmagani, ushbu jinoyatga uni aloqasi yo'qligi shunga asosan adolatli hal qilishni  so'radi.

         Yuqoridagilarga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi JPKning 13, 454-457, 460, 463, 465-468, 471-474-moddalariga asoslanib, sud

 

H U K M    Q I L D I:

 

Isoqov Mamadjon Radjaboyevich O'zbekiston Respublikasi

JK 165-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan aybdor deb topilsin.

Isoqov Mamadjon Radjaboyevichga O'zbekiston Respublikasi

JK 165-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan JK 57-moddasini qo'llab,

3 (uch) yil 6 (oy) muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin.

Jazoni o'tash uchun umumiy tartibli koloniyalarga yuborilsin.

Jazoni o'tash muddati 2021 yil 16 maydan boshlab hisoblansin va uni qamoqda saqlash ehtiyot chorasi aslicha qoldirilsin.

Raximov Aziz Akramovich, O'zbekiston Respublikasi JK 165-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan aybdor deb topilsin.

Raximov Aziz Akramovichga O'zbekiston Respublikasi JK

165-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan JK 57-moddasini qo'llab,

3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin.

Jazoni o'tash uchun umumiy tartibli koloniyalarga yuborilsin.

Jazoni o'tash muddati 2021 yil 16 maydan boshlab hisoblansin va uni qamoqda saqlash ehtiyot chorasi aslicha qoldirilsin.

Albatta, har bir jinoyatga jazo muqarrarligini har bir fuqaro bilib, sezib yashashi lozim. Zotan, qonun ustuvorligiga tayanib ish tutib, qonunga nisbatan hurmat hissi bilan yashasakkina hayotimiz farovonligi va ro'zg'orimiz butligini saqlab qolishga erishamiz.

         B.Mamajonov - Jinoyat ishlari bo'yicha

                                      Farg'ona tuman sudining sudyasi