Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi masalani hal etish tartibi
2022-03-31 16:27:28 241
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi masalani hal etish tartibi
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi masalani hal etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy jabobgarlik to'g'risidagi Kodeksining 3081-moddasida ifodalangan bo'lib, unga asosan:
Agar organ (mansabdor shaxs) ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotganda sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to'g'risida yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanktsiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo'llash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnomada shaxsning ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinishi yoki unga nisbatan yengilroq ma'muriy jazo chorasi qo'llash kerakligining sabablari va asoslari bayon etiladi.
Sud huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnomani ko'rib chiqib, MJtKning 310-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini chiqaradi, ya'ni:
1) ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risida;
2) ishni yuritishni tugatish to'g'risida.
Ishni yuritishni tugatish to'g'risidagi qaror MJtKning 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda chiqariladi, jumladan:
1) ma'muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo'q bo'lsa;
2) ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o'n olti yoshga to'lmagan bo'lsa;
3) g'ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaxs aqli noraso bo'lsa;
4) shaxs harakatni zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida qilgan bo'lsa;
41) shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo'rqitish natijasida qilgan bo'lsa;
5) amnistiya akti chiqishi, agar u ma'muriy jazo chorasini qo'llanishni bekor qilsa;
6) ma'muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo'lsa;
7) ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish paytiga kelib ushbu Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o'tib ketgan bo'lsa;
8) ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risida vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan bo'lsa yoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni tugatish to'g'risida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan bo'lsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat to'g'risidagi ish qo'zg'atilgan bo'lsa;
9) shaxs ishi yuritila boshlangan paytda vafot etgan bo'lsa;
10) huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda shaxsni javobgarlikdan ozod etish ushbu Kodeksning tegishli moddasida nazarda tutilgan bo'lsa;
11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida, 1751-moddasining birinchi qismida, 1753, 1754-moddalarida, 1755-moddasining birinchi qismida, 1761 — 1764-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 1771-moddasining birinchi qismida, 1772-moddasining birinchi qismida, 178-moddasining birinchi, uchinchi — sakkizinchi qismlarida, 1781-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1792-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1794-moddasining birinchi qismida, 1795-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 2151-moddasining birinchi qismida, 2278-moddasining birinchi, uchinchiva beshinchi qismlarida, 22714-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716-moddasining birinchi va to'rtinchi qismlarida, 22718-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22719-moddasining birinchi qismida, 22721-moddasida, 22722-moddasining birinchi qismida, 22723-moddasining birinchi qismida, 22724, 22725 va 22726-moddalarida, 22727-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik sub'ektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi fuqarolar yo'l qo'yilgan buzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplagan bo'lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog'lig'iga zarar yetkazilgan hollar mustasno.
Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish to'g'risidagi qaror ogohlantirish e'lon qilinganda ham chiqariladi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnoma ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish sudga kelib tushgan kundan e'tiboran uch sutka ichida MJtKning 303, 304, 306-309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy jabobgarlik to'g'risidagi Kodeksining 309-moddasining 3-qismiga asosan mazkur Kodeksning 3081-moddasida nazarda tutilgan hollarda qarorda huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma'muriy javobgarlikdan ozod qilish to'g'risidagi yoki yengilroq ma'muriy jazo chorasini qo'llash haqidagi taqdimnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi to'xtam ham ko'rsatilishi kerak.
X.Xoliqov - Jinoyat ishlari bo'yicha
Farg'ona tuman sudining raisi