SO'XGA EKOLOGIYa VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QO'MITASI VAKILLARI TAShRIF BUYuRDI
2022-03-27 12:54:30 137
SO'XGA EKOLOGIYa VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QO'MITASI VAKILLARI TAShRIF BUYuRDI
Shuni alohida qayd etish lozimki, So'x tumanida ayni kunda keng ko'lamli qurilish-ta'mirlash ishlari barobarida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Qal'acha mahallasidagi Javpaya massividagi amalga oshirilayotgan ishlar bugna yaqqol misol bo'la oladi.
Javpaya massividagi ishlar bevosita davlatimiz rahbari e'tiborida ekanligi So'xliklar uchun alohida g'amxurlik va e'tirof natijasidir.
Bugun tumanimizga O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Xalilov Umarbek Yaxshimurodovich tashrif buyurdi. Farg'ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig'i Bahromjon Jumanov bilan birgalikda Javpaya massivida bo'lgan qo'mita raisining birinchi o'rinbosari bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur massivda olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumotlar berdi. Shuningdek, tumanda "Yashil makon" umumimilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha ham ma'lumotlar berildi.
Ayni kunda Javpaya massivida issiqxonalar barpo etish va yangi yerlarni o'zlashtirish barobarida yangi ekohudud - "Javpaya bog'i" ham barpo etilmoqda. Buning uchun viloyatimizning Quva tumanidan mevali daraxtlar ko'chatlari olib kelinib, o'tqazilmoqda. Asosan anor va o'rik mevalari ekilayotgan yangi bog'da qumita raisi o'rinbosari va viloyat boshqarmasi boshlig'i ham yangi ko'chatlar o'tqazdilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati