Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TAVBA QILISh HECh QAChON KECh EMAS

×

 2022-03-26 19:03:55    154

PDF yuklash
Chop etish


TAVBA QILISh HECh QAChON KECh EMAS

         Bugun tuman madaniyat markazining majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Tadbirda tuman sektorlari rahbarlari ham qatnashdi.

         Huquq-tartibot, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini faollari qatnashgan mazkur tadbirda tumanda, ayniqsa mazkur mahallada jinoyatchilikning keskin oshib ketishi muhokama etildi.

         Tadbir avvalida tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev so'z olib, tumanda 2021 yil yakuni bo'yicha amalga oshirilgan ishlar xususida to'xtaldi. Qayd etildiki, bu yili o'tgan yilga nisbatan jinoyatchilik tumanimizda sezilarli darajada oshgan.

         Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan jinoyatlar soni 11 tani tashkil etadi. Bu jinoyatlarning aksariyati iqtisodiy jinoyatlar sirasiga kiradi. Ayni kunda ushbu jinoyatlar ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.

         Mazkur tadbir davomida jinoyatlarning asl kelib chiqishi, uning salbiy oqibatlari haqida so'z bordi. Qayd etildiki, jinoyatlarning keskin oshib ketishi huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdagi ishlarning o'z holiga tashlab qo'yilganligi, jamoatchilik nazoratining o'ta sustligi, mutasaddi rahbarlarning mas'uliyatsizligi va loqaydlik natijasidir.

         Ayniqsa, tumanda ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo'ysunmaslik holatlari ko'p uchramoqda. - "Qonun ustuvor, jazo muqarrar" degan tamoyilni har bir fuqaro bilishi shart va zarur. Jinoyatchi jazo olmas ekan, uni jilovlab bo'lmaydi. Afso'ski, tumanimizda davlat mol-mulkini tolon-toroj qilish, qonunda man' etilgan psixotrop moddalarning iste'mol qilishi holatlari ko'p uchramoqda. Lekin tavba qilib, jinoyat yo'lidan qaytish hech qachon kech emas va jinoyatchini nopok yo'ldan qaytarish har bir fuqaro uchun mas'uliyatli vazifa ekanligini his etishimiz lozim. Shuning uchun, bu yo'nalishda har birimiz hissa qo'shib, jamoatchilik nazoratini kuchaytirib, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashimiz lozim, - dedi tuman hokimi o'z so'zida.

         Mazkur tadbirda bevosita qonunga xilof ravishda amal qilgan fuqarolar bilan so'hbatlashildi va ular ham o'z ishidan pushaymon ekanliklarini bildirdilar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati