XUShXABAR
2022-03-26 18:59:32 169
XUShXABAR
Tumanimizdagi 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi ma'muriyatining bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, Navro'z bayrami arafasida ikki nafar maktab o'quvchisi Respublikada tashkil etilgan tanlovda qatnashib, faxrli o'rinlarni egallashdi.
O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilari - Rayhona Yahyojonova va Mehriddin Xumoriddinovlar birinchi va ikkinchi o'rinni egallashga muyassar bo'lishgan.
G'oliblar va ularning ustozi Tursunoy Siddiqovalarga hamkor tashkilotlarning diplomlari topshirilgan.
TABRIKLAYMIZ!
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati