Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“XALOSKOR” ENG KUChLI JAMOA

×

 2022-03-25 17:24:15    127

PDF yuklash
Chop etish


“XALOSKOR” ENG KUChLI JAMOA

         Yoshlarni Ona-vatanga sadoqat, mardlik va muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarni ongida harbiy vatanparvarlik tuyg'ularini, favqulodda vaziyatlarda va ko'ngilsiz xodisalarda amaliy harakat qilishda ruhiy baqarorlikni, o'z-o'ziga ishonchni shakllantirish, yoshlarda chaqqonlik, chidamlik, tezkorlik kabi sport sifatlarni rivojlantirish va sog'ligini mustahkamlash maqsadida har yili Respublikamizda “Yosh qutqaruvchi” sport musobaqalari o'tkaziladi. Musobaqaning tuman bosqichi Guliston mahallasida joylashgan kasb-hunar maktabida bo'lib o'tdi.

         O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi, xalq ta'limi bo'limi, tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida o'tkazilgan mazkur sport tadbirida tumanimizdagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining talabalari 7 ta jamoa tarkibida o'zaro bellashdi.

         Musobaqada adolat va shaffoflikni ta'minlash maqsadida talabalarning har bir shart bo'yicha chiqishlari hakamlar hayati tomonidan baholab borildi.

         Jamoalar a'zolarining mahorati bir necha belgilangan shartlar bo'yicha sinovdan o'tkazildi. Natijada birinchi o'rin 7-sonli umumta'lim maktabining “Xaloskor” jamoasiga nasib etdi.

         Musobaqalar yakunida eng faol bo'lgan talabalar va g'olib jamoaga tashkilotchilarning faxriy yorliq va qimmatbaho sovg'alari taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati