Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYaDA O'ZIGA XOS RIVOJLANISh DRAYVERI ShAKLLANMOQDA

×

 2022-03-25 17:19:09    79

PDF yuklash
Chop etish


JAVPAYaDA O'ZIGA XOS RIVOJLANISh DRAYVERI ShAKLLANMOQDA

         Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivi. So'x tumanida yangi 2022 yilda barpo etilayotgan yangi yashil hudud. O'ziga xos rivojlanish drayveri.

         Ayni kunda mazkur hududda fuqarolarimiz tomonidan issiqxona barpo etish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. O'zlarining daromad manbaiga ega bo'layotgan tumandoshlarimiz mana shu maqsad sari ildam odimlamoqdalar.

         Issqixonalardan tashqari, har bir fuqaroga bu mavzedan yarim gektardan bir gektargacha ochiq yer maydoni ajratib beriladi. Bu ham inson manfaatini ko'zlab amalga oshirilayotgan xayrli amallardan. Zotan, xalq bugungi siyosatdan rozi bo'lishi, to'q va mamnun umrguzaronlik qilishi lozim. Albatta, halol mehnat tufayli. Chunki "mehnatning tagi rohat" deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz.

         Javpayada tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan yangi bog' bunyod etilayotir. Mevali daraxtlardan o'rik, olma, nok va anor ko'chatlari o'tqazilayotgan mazkur yangi ekohudud Javpayaning "tashrif qog'ozi"  bo'lishiga astoydil ishonamiz.

         Darvoqe, aholiga ochiq yer maydonlari tarqatib berish uchun ham harakatlar davom etyapti. Javpaya kengliklaridagi ochiq yer maydonlari tuman "Ermulkkadastr" mutaxassislari tomonidan lotlarga ajratib bo'lingan.

         Chanqoq mavzega suv tortish ishlari ham jadallik kasb etgan. Elektr energiyasi ta'minoti ham berilayotgan e'tibor tufayli oxiriga yetkazilmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati