Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI BO'LIB O'TDI

×

 2022-03-25 17:12:30    116

PDF yuklash
Chop etish


TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI SESSIYaSI BO'LIB O'TDI

         Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatdagi 51 sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada tuman sektor raxbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tuman tashkilot va korxona rohbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

         Sessiyani tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev ochib berdi.

         Sessiya kun tartibidagi masala - fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish.

         Deputatlar Rasul Mirsaidov va Isojon Mastonovlar taklifi bilan sessiya kun tartibiga ikkita masala kirtildi.

         Respublika "Agrobank" boshqaruvi tomonidan kam ta'minlangan fuqarolarga Javpaya massivida issiqxona barpo etish bo'yicha homiylik asosida ajratilgan mablag'larni tasdiqlash va kam ta'minlangan fuqarolar farzandlari uchun to'lov-kontrakt summalarini to'lab berish bo'yicha qaror qabul qilish va uni tasdiqlash.

         Qo'shimcha masalalar bo'yicha berilgan takliflar deputatlar tomonidan tasdiqlash uchun qabul qilindi.

         Deputat Amirali Safarov sessiya kotibi etib tayinlandi.

         Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan So'x tuman mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i, tuman hokimi o'rinbosari Abdushukur Turaboyev ma'ro'za qildi. Sessiya ishtirokchilariga masala yuzasidan to'liq ma'lumot berildi.

         Abdushukur Turaboyev Respublikamizda o'tkaziladigan fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) saylovi haqidagi qabul qilingan Qonunlar, qaror va farmoyishlar haqida to'liq ma'lumot berdi.

         Saylovlarni tashkil etish va uni o'tkazish bo'yicha qaror loyihasi deputatlar tomonidan tasdiqlanib, qabul qilindi.

         Bizning tumanimizda mahalla raislari saylovi may oyida o'tkaziladi.

         Sessiya kun tartibiga kiritilgan qo'shimcha masala - Respublika "Agrobank"i boshqaruvi tomonidan homiliyk asosida ajratilgan mablag'larni kam ta'minlangan fuqarolarga Javpaya massivida isiqxona qurish uchun berish va bu bo'yicha qaror qabul qilish va uni tasdiqlash masalasi yuzasidan tuman "Agrobank" boshqaruvchisi Akram To'ychiyev ma'ro'za qildi.

         Mazkur masala deputatlar tomonidan ma'qullandi va bir ovozdan tasdiqlandi.

         Sessiya davomida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Respublika "Agrobank"i boshqaruviga tuman ahli nomidan minnatdorchilik bildirdi. "Agrobank" tomonidan ajratilgan homiylik mablag'lari kam ta'minlangan oilalarga Javpaya massivida issiqxona qurish uchun beriladi.

         O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligi So'x tumani bo'limi rahbari Isojon Mastonov sessiya ishtirokchilariga kam ta'minlangan oilalar farzandlari tomonidan to'lov-kontrakt summalarini to'lab berish bo'yicha berilgan arizalar yuzasidan ma'lumot berdi.

         Kengash deputatlari tomonidan mazkur mablag'larni oliy ta'lim maktablarida tahsil olayotgan kam ta'minlangan oilalar farzandlariga qonun doirasida to'lab berish tartibi ma'qullandi va tasdiqlandi.

         Sessiya kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan deputatlar o'z fikr-mulohazalarini muzokaralar orqali bildirishdi.

         Sessiya kun tartibiga qo'yilgan masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatagi 51-sessiyasi yakuniga yetdi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati