Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BALLI QIZLAR”

×

 2022-03-21 15:39:00    283

PDF yuklash
Chop etish


“BALLI QIZLAR”

         Navro'z bayramiga bag'ishlab So'x tumani pedagogika kollejida mazkur ta'lim dargohining “Maktabgacha ta'lim”, “Maktabgacha ta'lim yordamchi tarbiyachisi”, “Musiqa ta'limi” yo'nalishlari guruhlari qizlari o'rtasida “Balli qizlar” ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

         Tanlovda ishtirok etgan qizlar 5 ta shart – tanishtiruv, mutaxasislik yo'nalishi bo'yicha mashg'ulot o'tish, qo'l mehnati, erkin mavzu va pazandachilik mahorati bo'yicha o'zaro bellashdilar. Tanlovda haqqoniylik va adolat mezonini ta'minlash maqsadida qizlar mahorati hakamlar hayati tomonidan baholandi. Tanlovga qo'yilgan barcha shartlarni qizlar mahorat bilan bajarishga harakat qilishdi.  

         Hakamlar hayatining xulosasiga ko'ra, tanlovda 222-guruh talabasi Naziraxon Karimova g'olib deb topildi. 2-o'rinni 223-guruh talabasi Maftuna Homidbekova va 251-guruh talabasi Donaxon Olamovalar o'zaro bo'lishgan bo'lsa, 3 o'rin kollejning 122 va 224-guruh talabalari Mohtoba Milohisenova va Muxlisa Mirzojonovalarga nasib etdi.

         Tadbir so'ngida ko'rik-tanlov g'olibi va barcha ishtirokchilarga kollej mamuriyati tomonidan esdalik sovg'alar taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Aborot xizmati