Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVRO'Z TANTANALARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-03-21 14:20:48    70

PDF yuklash
Chop etish


NAVRO'Z TANTANALARI DAVOM ETMOQDA

         Navro'z. Ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasida mujassam bo'lgan borliqni asrab-avaylab, doimo u bilan uyg'un bo'lib yashash, mehr-oqibat, xayru saxovat, bunyodkorlik, bag'rikenglik, do'stlik va hamjihatlik singari yuksak g'oyalar bugungi kunda yanada teran mazmun va ahamiyat kasb etib borayotganini alohida ta'kidlash lozim. Yurtimizda erkin va farovon hayot barpo etish, inson qadrini ulug'lashdek buyuk maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan keng ko'lamli demokratik islohotlar jarayonida barcha milliy qadriyatlarimiz qatori Navro'z umumxalq bayrami ham o'ziga xos ma'naviy tayanch bo'lib xizmat qilmoqda.

         Millati, tili va dinidan qat'i nazar, har bir vatandoshimiz o'zining huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini tobora chuqur anglab borayotgan Yangi O'zbekiston sharoitida Navro'z tom ma'noda umumxalq bayramiga aylanib, el-yurtimiz tomonidan katta shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.

         Xalqimiz asrlar davomida e'zozlab kelayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarafidan xalqaro bayram sifatida e'tirof etilgan Navro'zi olamning ana shunday beqiyos ahamiyatini hisobga olib hamda ushbu ayyomni mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan o'zgarish va yangilanishlar jarayoniga uyg'un va hamohang tarzda, har tomonlama yuksak saviyada o'tkazish maqsadida bir qator korxona tashkilot, ta'lim muassasalari qatorida So'x tumani maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida “Assalom Navro'z!” tadbiri kutarinki ro'hda, reja asosida o'tkazilib kelinmoqda.

         Jumladan: 1, 6, 7, 17, 18-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bayram “Navro'z sayli” mavzo'si ostida keng nishonlandi.

         Navro'z bayrami munosibati bilan MTT oshpazlari o'rtasida “Milliy taomlar” tanlovi e'lon qilindi. Tadbirda oshpazlar faol qatnashib mavzu bo'yicha bor mahoratlarini ko'rsatdilar. Mazkur tanlovda  6, 10, 16-sonli MTT-lar bosh oshpazlari faol ishtirok etib o'zlarini pazandachilik mahoratlaridan tashqari pazandachilik bilimlari va sirlari bilan ham qatnashchilarga namuna bo'ldilar.

         4-sektor hududida joylashgan 7, 8, 9, 10, 11, 20-sonli MTT tarbiyachilari urtasida “Navro'z” bayramiga bag'ishlab “Bilimdon tarbiyachi” ko'rik-tanlovi bo'lib utdi. Tanlovda birinchi o'rinni 20-son MTT tarbiyachisi M. Shamsidinova egalladi.

         “Navro'z” bayramini keng nishonlash va bayramona kayfiyat bag'ishlab yuqori saviyada o'tkazishga qaratilgan ma'naviy-marifiy tadbirlar reja asosida o'tkazilib kelinmoqda.

         Xulosa qilib aytish lozimki, tuman hududidagi MTT-larda “Assalom Navro'z!” tadbiri davom etmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati