Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO'X TUMANI HOKIMI SAYIDBAHROM SAYIDMUSAEVNING BAYRAM TABRIGI

×

 2022-03-21 14:15:04    99

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram otaxon va onaxonlar, munis opa-singillar, qadrli aka-ukalar!

Xalqimizning kelajagi, ishonchi va tayanchi bo'lgan navqiron yoshlar!

         Avvalambor, barchangizni, barcha So'x tumani aholisini yangilanish va yasharish ayyomi – Navro'zi olam bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, Sizlarga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Aziz vatandoshlar!

         Yurtimizga kelgan fasllar kelinchagi – bahor har birimizni, tumanimizning barcha fuqarosini mehnat qilishga, obodlik sari intilishga chorlaydi. Bu hayot davomiyligini anglatadi. Inson bor ekan, insoniyat barhayot, harakat va intilish bor ekan, taraqqiyot bo'lishi sinalgan hayotiy haqiqatdir.        

Hurmatli do'stlar!

Shoir aytganidek, “Har kimki Navro'zni shodu xursandchilik bilan kutib olsa, keyingi Navro'zgacha umri shodu xurramlikda o'tadi”. Darhaqiqat, o'tgan ikki yil bizni turli sinovlarga ro'para qildi. Koronavirus pandemiyasi tufayli milliy bayramimizni birdamlikda va birgalikda kutib ololmadik. Shukr, kim shu kunlar ham ortda qoldi va bugun Navro'zi olamni yelkama yelka turib, nishonlamoqdamiz.

         Bugun tumanimizning qaysi hududiga bormang, albbatta obodlik va yangilanishlar ustidan chiqasiz. Mehnatsevar xalqimiz Prezidentimiz, hukumatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor va g'amxurliklardan ruhlanib, bugun So'x obodligi uchun astoydil harakat qilishmoqda.

         Siz bilan birgalikda birdam va birjon bo'lib Vatanimiz ravnaqi va So'ximizning porloq kelajagiga ishongan holda har doyim olg'a boramiz.

         “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili” nomlangan yilimizning asosiy g'oyasi bu yilgi Navro'zi olam g'oyasi “Navro'z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” g'oyasi bilan chambarchas bog'liqdir.

         Tumanimizda bu yili katta o'zgarish va yangilanishlar bo'lishi kutilmoqda. Prezidentimiz e'tibori doirasida qurilgan Qayroq suv nasos stantsiyasi, Qal'acha mahallasining Javpaya massivida o'zlashtirilayotgan 1 000 gektar yer maydoni, barpo etilgan issiqxonalar, tumanimiz hududida qurilgan ijtimoiy soha ob'ektlari, tibbiyot muassasalari va yangi zamonaviy ta'lim dagohlarining foydalanishga topshirilishi xalqimizga chinkam bayram sovg'asi bo'ladi deb ishonaman.

         “Er elni boqadi” degan naql bor xalqimizda. Berilayotgan e'tibor doirasida bu yili salkam 3 000 gektar yer maydonlari xalqimizga tarqatib beriladi. Bu 3 000 nafar fuqarolar uchun doimiy ish joyi, 3 000 nafar insonlarning bandligini ta'minlash demakdir. O'zlashtirilayotgan yer maydonlari  tufayli xalqimizning daromad manbai ham yaratiladi. Binobarin, barchamiz berilayotgan e'tibor va g'amxurliklardan samarali foydalanishimiz va Vatanimiz ravnaqiga o'z hissamizni qo'shishimiz lozim.  

         Bugun mirishkor dehqon va fermerlarimiz katta umid bilan yerga urug' qadamoqda. Hudud va mintaqalarimizda “Daraxt ekib, bog' yaratamiz, yurtimizni yanada obod qilamiz”, degan ezgu maqsadda “Yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida minglab ko'chatlar ekilmoqda.

         Mana shu xosiyatli kunda barchamiz yilimiz qutlug' kelsin, dehqonlarimizning baxtini, omadini bersin, hosilimiz mo'l bo'lsin, deb niyat qilamiz.

Aziz va qadrli vatandoshlarim!

         Sizlarni yana bir karra Navro'zi olam bilan tabriklab, Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo'lsin!

Yaratganning o'zi hammamizni panohida asrasin!

Navro'zi olam barchamizga muborak bo'lsin!

        

         Sayidbahrom Sayidmusayev – So'x tumani hokimi