Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VATANPARVAR YoShLAR BELLAShUVI

×

 2022-03-20 14:13:41    62

PDF yuklash
Chop etish


VATANPARVAR YoShLAR BELLAShUVI

         O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi hamda tuman Mudofaa ishlari bo'limi hamkorligida tuman hududidagi mahallalar yoshlari o'rtasida "Vatanparvarlar" harbiy sport musobaqasining tuman bosqichi Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 12494-sonli harbiy qismda tashkil etildi.

         Musobaqa 2 ta yo'nalishda tashkil etilib, UO'T maktablarining 10-11-sinf o'quvchilaridan tarkib topgan jamoalar xamda mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirokida tashkil etildi.

         Maktab jamoalari orasida:

         1 o'rin - 1-sonli UO'T maktabi;

         2 o'rin -18-sonli UO'T maktabi;

         3 o'rin - 29 - sonli UO'T maktabi jamoasiga nasib etdi.

         Mahalla yoshlari o'rtasida:

         1-urin 1-sektor;

         2-urin 4-sektor;

         3-urin 2-sektor jamoasiga nasib etdi.

         Bundan tashqari 6 ta yunalishda eng yaxshi ishtirokchilar aniqlanib, tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

         Oliy o'rinni egallagan jamoa viloyat bosqichiga yo'llanma oldi. Umid qilamizkim, g'olib bo'lgan yoshlarimiz viloyatda So'x nomini munosib himoya qilishadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati