Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YeRDAN QONUNIY VA SAMARALI FOYDALANISh – DAVR TALABI

×

 2022-03-19 17:29:42    112

PDF yuklash
Chop etish


YeRDAN QONUNIY VA SAMARALI FOYDALANISh – DAVR TALABI

         Yer daromad manbai. Undan samarali foydalanish va daromad olish har bir fuqaroning pirovard maqsadi hisoblanadi.

         Aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda o'z biznesini tashkil etishga ko'maklashish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo'jaliklarining ulushini oshirish va qishloq xo'jaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida 2021 yilning 23 noyabrь kuni Prezidentimizning 20-sonli qarori qabul qilingan.

         Mazkur qaror ijrosi yuzasidan tumanimizda ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda fuqarolarga qaror asosida foydalanish va daromad manbaiga ega bo'lishlari uchun 15 sotixdan yer maydonlari ajratib berilmoqda. Biroq, yerdan unumli va samarali foydalanish barobarida uning huquqiy va qonuniy tartib va tamoyillari borki, bu tartib va qoidalarga rioya etish ham bizdan katta mas'uliyat talab etadi.

         Bugun Guliston mahallasidagi kasb-hunar maktabida So'x tumani sudi va tuman hokimligi hamkorligida Prezidentimizning 20-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklarni fuqarolarga yetkazish maqsadida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

         Tadbirda ishtirok etgan qishloq xo'jaligi sohasi vakillariga va yer maydoni olish istagida bo'lgan fuqarolarga yuqoridagi masalalar bo'yicha yetarli ma'lumotlar berildi.

         Uchrashuvda so'z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Prezidentimiz tomonidan So'x tumani rivojiga qaratilayotgan e'tibor xususida gapirib, qabul qilingan 20-sonli qaror ham fuqarolar manfaatini ko'zlab chiqarilganligini alohida qayd etdi. Qaror bo'yicha tuman hududlaridan 4 218 nafar fuqarolarimiz ariza topshirgan va oxirigi ma'lumotlarga ko'ra, shu kungacha 439 nafar fuqarolarimizga salkam 66 gektar yer maydoni tarqatib berilgan.

         Sux tumani sudi raisi ham o'z navbatida davlatimiz rahbarining 20-sonli qarori asosida yer olish tartibi haqida ma'lumotlar berdi. Ta'kidlandiki, mazkur tartib “E-auksion” platformasi orqali amalga oshirilib, dehqon xo'jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishda o'z tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilikda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohalardan birida tayanch mutaxassislikka ega bo'lgan fuqarolarga, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da ro'yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik beriladi.

         Shuning barobarida, yerdan maqsadsiz foydalangan holda qonun talablarini buzgan fuqarolarga javobgarlikka tortish holatlari ham ko'zda tutilgan. Tadbir ishtirokchilariga masalaga bog'liq bo'lgan ma'muriy javobgarlik va jinoyat kodeksi moddalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

         Tadbir jarayonida barcha ishtirokchilarga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan samarali foyldalanishni tashkil etish bo'yicha tayyorlangan bukletlar tarqatib berildi. Shu mazmundagi tadbir tuman madaniyat markazining majlislar zalida ham bo'lib o'tdi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati