Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 204 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YoShLAR YeTAKChISI TAShABBUSI BILAN

×

 2022-03-19 17:09:12    64

PDF yuklash
Chop etish


YoShLAR YeTAKChISI TAShABBUSI BILAN

         Ayni kunda hududlardagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan yoshlarni bilim olish va o'qishga kengroq jalb etish maqsadida turli tadbir va tanlovlar o'tkazilyapti. Tul maahalla fuqarolar yig'inidagi “Yoshlar mehnat guzari” da mahallaning yoshlar yetakchisi Bahromali Haydarov tashabbusi bilan mahalla yoshlari o'rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.

         Mazkur bilimlar bellashuvida ikki jamoa – “Yoshlar” va “Lochinlar” jamoalari a'zolari qatnashib, ishtirokchi yoshlar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqa natijalariga ko'ra, g'oliblikni qo'lga kiritgan “Yoshlar” jamosi a'zolariga tashkilotchilarning faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari taqdim etildi. Yoshlar yetakchisining so'zlariga ko'ra, bunday ma'naviy tadbirlar mahallada muntazam o'tkaziladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati