Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 200 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RAG'BAT - INTILISh OMILI

×

 2022-03-19 17:03:11    78

PDF yuklash
Chop etish


RAG'BAT - INTILISh OMILI

         Yoshlarni, ayniqsa, xotin-qizlarni kasb o'qitishga yo'naltirish, ular bandligini ta'minlash kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu yo'nalishda kasb-hunar kurslari va kasb-hunar maktablarida o'qiyotganlarning o'rtasida profilaktik targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish ham katta ahamiyatga ega.

         So'x tumani IIB XPB VE va YoBIG katta inspektori kapitan Ulug'bek G'oibnazarov va O'zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi tuman bo'limi raisi Abror Zunnunov hamkorligida So'x tuman kasb-hunar maktabida tahsil olayo tgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

         Uchrashuv jarayonida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni kasb o'qitishga jalb etishga bo'lgan tashabbuslar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirildi. Iste'dodli qizlar ham o'z navbatida o'z mehnat mahsullarini mehmonlarga namoyish etishdi.

         So'hbat davomida Yoshlar Ittifoki So'x tumani bo'limi raisi tomonidan iste'dodli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida maxsus stipendiya tashkil etilishi ta'kidlandi. Bunga ko'ra, har oy 5 nafar yetakchi talabalarga 200 ming so'mdan stipendiya beriladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati