Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

USTOZLAR BARPO ETGAN BOG'GA KO'ChAT O'TQAZILDI

×

 2022-03-19 16:53:50    89

PDF yuklash
Chop etish


USTOZLAR BARPO ETGAN BOG'GA KO'ChAT O'TQAZILDI

         “Yaxshidan bog' qoladi” degan maqol bor xalqimizda. Ayni shu maqolga amal qilgan inson umrida bir dona ko'chat eksa, savob ishga qo'l o'rgan, savob amalni ijro etgan hisoblanadi. Zotan, “savob ishni har kim, har kuni qilishi lozim”.

         Respublikamizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan ezgu tashabbus – “Yashil makon” umumimilliy loyihasi bugun umumxalq harakati – “Yashil yillik” loyihasiga aylangan. Mana shu ezgu tashabbusni amalda tatbiq etish maqsadida tumanimizda ham xayrli ishlar amalga oshirilyapti.

         - Bir paytlar, 20 asrning 80-yillarida o'sha davrdagi 13-sonli UO'T maktabi direktori marhum A'zamjon Mutaliyev tashabbusi bilan ta'lim muassasasining bog'ini tashkil etilishiga asos solingan edi. Ayni shu ezgu tashabbus tufayli So'xning dongi eski SSSR da ham doston bo'lgan. Bugun mana shu bog' hududiga maktab pedagogik jamoasi bilan mevali daraxtlar ko'chatlarini o'tqazdik, - deydi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini raisi Subhonali Nishonov. 

         “Yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida ekilgan ko'chatlar asosan mevali daraxtlardan iborat. Tadbirda ishtirok etgan 5-sonli UO'T maktabi pedagogik jamoasi saxovatpesha va obodlikka intilib yashagan ustozlarni yana bir karra yod etib, duoga qo'l ochdilar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati