Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 193 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUAMMONI BARTARAF ETISh ChORALARI KO'RILDI

×

 2022-03-19 16:43:15    78

PDF yuklash
Chop etish



MUAMMONI BARTARAF ETISh ChORALARI KO'RILDI

         Ayni kunda Yangiariq mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi ariqni tozalash ishlari davom etmoqda. An'anaga aylanib qolgan ushbu ezgu amal, ya'ni hasharda mahallaning barcha fuqarolari, ayniqsa, yoshlar faol qatnashmoqda.

         Mahalla raisi, Xalq deputatlari So'x tumani Kengashi deputati Amirali Safarovning so'zlariga ko'ra, ariqni tozalash barobarida uning ta'mirlash ishlari ham bajarilmoqda. Bu amallar sug'orish paytidagi turli nosozliklarni oldini olishga qaratilgan.

         Ma'lum bo'lishicha, ariqni ta'mirlash jarayonida ariq tepasidagi tog' yon bag'rida joylashgan katta xajmdagi tosh ariqga hamda aholiga xavf solayotgani aniqlanib, mahalla faollari va tuman Favquloda vaziyatlar bo'limi boshlig'i Jaoliddin Jalolov ishtirokida mazkur holatning bartaraf etish choralari ko'rildi.

         Mahalla raisining so'zlariga ko'ra, hasharchilarning xavfsizik choralari ko'rilgan va ularni oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi ham homiylar tomonidan amalga oshirilmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati