Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ASOSIY MASALA - NAVRO'Z BAYRAMIGA TAYYoRGARLIK KO'RISh

×

 2022-03-17 10:56:22    87

PDF yuklash
Chop etish


ASOSIY MASALA - NAVRO'Z BAYRAMIGA TAYYoRGARLIK KO'RISh

         Tuman madaniyat markazining majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida mahalla fuqarolar yig'inlari raislari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Tadbirda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Abror Rahmonov, mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i Abdushukur Turaboyevlar qatnashdi.

         Tadbdir avvalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari hamkorligidagi ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning muammo va kamchiliklarini hal etish bo'yicha amalga oshirilayotgan natijalar xususida to'xtalib o'tdi.

         - Bugun Sizlarga katta imkoniyat eshiklari ochilgan va bu imkoniyatdan foydlanib, hammamiz mahalla obodligi uchun harakat qilishimiz, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan birgalikda aholi muammolarini aniqlab, ularni hal etish choralarini ko'rish, yoshlar o'rtasida shu Vatan ravnaqi uchun astoydil harakat qilishdek ezgu maqsadni ulug'vor g'oya sifatida targ'ib etish uchun intilishimiz lozim. O'zimizni namuna sifatida har tomonlama ko'rsatishimiz kerak, - dedi tuman hokimi o'z so'zida.

         Tadbir davomida Navro'z umumxalq bayrami va mahalla xodimlari kuniga tayyorgarlik ko'rish, mahallalarda bayram sayllarini tashkil etish, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va mahalla hayotini kengroq yoritish, shuningdek, Javpaya massivida bo'layotgan o'zgarishlarga ham e'tiborliroq bo'lish, ya'ni bo'layotgan barcha ishlarni aholi farovonligi yo'lida qilinayotganligini xalqa yetkazish bo'yicha ham alohida to'xtalib o'tildi.

         Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agenligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Abror Rahmonov ham davlatimiz rahbari va Respublika hukumati tomonidan So'x tumaniga berilayotgan e'tibor xususida alohida to'xtaldi.

         Ko'rilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati