Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUDUDLARDA BAHOR ISTIQBOLI

×

 2022-03-17 10:48:11    85

PDF yuklash
Chop etish


HUDUDLARDA BAHOR ISTIQBOLI

         Fasllar kelinchagi - bahor kelishi bilan mehnatkash xalqimiz uchun ish va mehnat qilish pallasi ham kirib keladi. Hududlarda bahorga peshvoz chiqish maqsadida obodonlashtirish va ko'klamzorlashtirish ishlari avj oladi. Bugungi kungacha xalqimiz uchun azaliy meros sifatida yetib kelgan hasharlar tufayli yashayotgan manzillarimiz obod qilinadi.

         Ayniqsa, nuroniy onaxon va momolarimiz yaxshi niyatlar ila maxsus idishlarda bug'doy yetishtirishadi. Albatta, bahor taomi - sumalak pishirish maqsadida.

         "Sohibkor" mahalla fuqarolar yig'inida umrguzaronlik qilayotgan bir guruh onaxon va xotin-qizlar bir sutka davomida sumalak pishirishdi. Zamona tinchligi, hayot farovonligi va Vatanimizning rivoji uchun qo'llar ochilib, duolar qilindi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati