“KITOBXON YoShLAR”
2022-03-17 10:42:29 108
“KITOBXON YoShLAR”
Bugun hududlarda faoliyat boshlagan yoshlar yetakchilari tomonidan turli ma'naviy-ma'rifiy, sport tadbirlari keng ko'lamda tashkillanib, o'tkazilmoqda. Bu esa yoshlarning bo'sh vaqtini samarali o'tkazishga xizmat qilayotir.
Qal'a mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Ilhomjon Mulloyevning tashabbusi bilan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish,ular ӯrtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadadida 14-30 yoshgacha bo'lgan yoshlarga Amir Temurning "Temir tuzuklari" va Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" asarlari taqdim etiladi va ushbu asarlar bo'icha “Kitobxon yoshlar” tanlovi o'tkaziladi.
15 kun davomida, ya'ni 1 aprelgacha yoshlar ushbu asarlarni puxta o'qigan holda tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Tanlov 2 shart asosida bo'lib utadi. Birinchi shart test sinovlari va ikkinchi shart o'qigan asarlarga oid savol-javoblar.
Yoshlar yetakchisining so'zlariga ko'ra, mazkur “Kitobxon yoshlar” tanlovida mahallaning 3-sonli UO'T maktabi, 2-sonli IDUM o'quvchilar va uyushmagan yoshlar vakillari ishtirok etadilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati