OILAVIY AJRIMLARNI OLDINI OLISh - DOLZARB MAVZU
2022-03-16 17:15:51 136
OILAVIY AJRIMLARNI OLDINI OLISh - DOLZARB MAVZU
Bugun tuman madaniyat markazining majlislar zalida So'x tuman prokuraturasi hamda Majburiy ijro byurosining So'x tuman bo'limi hamkorligida oilaviy ajrimlarni oldini olish, alimentdan qarzdor, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish hamda sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida "Farzandlarning moddiy ta'minoti - ota-onaning konstitutsiyaviy burchidir" g'oyasi asosida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda mahalla va oilani qo'llab-quvvtalash bo'limi mutasaddilari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari va mavzuga daxldor bo'lgan, muammoli oilalar vakillari ham ishtirok etdilar.
Tadbir davomida oilaning muqaddas dargoh ekanligi, oilaviy ajrimning salbiy oqibatlari, bolaning ta'minoti, ta'lim va tarbiyasi masalalariga e'tiborli bo'lish har bir ota-onaning asosiy burchi ekanligi alohida ta'kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari o'z savollariga mutasaddilardan javoblar olishdi. Oilaviy ajrimlarni oldini olish, oila va uni asrash va saqlash yuzasidan ishtirokchilar tomonidan mutasaddilarga aniq takliflar berildi.
Tadbir jarayonida tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan tayyorlangan "Oila muqaddas" mavzusidagi sahna namoyish etildi.
Tadbir oxirida tuman bandlikka ko'maklashish markazi xodimlari tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etilib, soha vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ishsiz yurgan fuqarolarni ishga joylashtirish va doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlari uchun tegishli tavsiyalar berildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati