Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLARGA DAVLAT PENSIYaLARINI TAYINLASh JARAYoNI SODDALAShTIRILDI

×

 2022-03-16 13:14:40    193

PDF yuklash
Chop etish


FUQAROLARGA DAVLAT PENSIYaLARINI TAYINLASh JARAYoNI SODDALAShTIRILDI

         Mamlakatimizda fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti tizimini takomillashtirish va mazkur sohada mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda sohani tubdan isloh qilishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda.

         Bu borada olib borilayotgan islohotlar va ko'rilayotgan chora-tadbirlarning davomi o'laroq 2021 yilning 4 may kuni Davlatimiz rahbarining yana bir muhim hujjati - “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5102-sonli Qarori qabul qilindi.

QARORNI QABUL QILISh ZARURATI

         Bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etilishi, ularni taqdim etishga mas'ul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma'lumotlar bazalari mavjud emasligi qog'oz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yig'ish jarayonini raqamlashtirishga to'sqinlik qilib kelayotganligi ushbu Qarorning qabul qilish zaruratini keltirib chiqardi.

QARORNING MAQSADI

         Qarorning qabul qilinishidan maqsad davlat pensiyalarini hisoblash uchun zarur ma'lumotlar elektron bazasini shakllantirish, ushbu jarayonni soddalashtirish, fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, mazkur yo'nalishda sog'lom raqobat muhiti va zamonaviy standartlarni joriy etishdan iboratdir.

QARORNING MOHIYaTI VA AHAMIYaTI

         QARORGA KO'RA

         2022 yil 1 yanvardan boshlab:

         Pensiya jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiya va nafaqalarni to'lash har uch yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha alohida o'tkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi, bunda, tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq pensiya va nafaqalarni naqd pulda mahalla fuqarolar yig'inlariga, fuqarolarning yashash manzillariga yetkazib berish majburiyati yuklatiladi;

         tanlovda ishtirok etadigan tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan pensiya va nafaqalarni mahalla fuqarolar yig'ini binosi yoki fuqaroning yashash manziliga yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib, xizmat haqi differentsiyalashgan tartibda pensiya va nafaqalar to'lanadigan (etkazib berilgan) summaning 1 foizgacha miqdorda bo'lishi mumkin. Bunda, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish bilan bog'liq xarajatlar Pensiya jamg'armasi va respublika byudjeti tomonidan to'lab beriladi;

         2022 yil 1 iyuldan boshlab:

         davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta'lim muassasalaridagi o'qish hamda harbiy xizmat davri to'g'risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Bunda, pensiyaga chiqish huquqi paydo bo'lgan chog'ida ishlamaydigan fuqarolarga o'zlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to'g'risidagi ma'lumotlarni Bandlikka ko'maklashish markazlariga murojaat qilish orqali “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (YaMMT IDAK)ga kiritish xizmati joriy etiladi;

         davlat pensiyalarini tayinlash YaMMT IDAKga kiritilgan elektron ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, mehnat staji, ish haqi, oliy ta'lim muassasalaridagi o'qish hamda harbiy xizmat davri to'g'risidagi hujjatlar Pensiya jamg'armasi tomonidan YaMMT IDAKdan foydalangan holda elektron ma'lumotlar almashinuvi asosida olinadi;

         davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.

         QAROR BILAN fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to'lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi. Shuningdek, Pensiya jamg'armasiga vaqtincha bo'sh mablag'larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadning yigirma foizini Pensiya jamg'armasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag'batlantirish jamg'armasiga yo'naltirish huquqi berildi.

         Qolaversa, QAROR BILAN:

         Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligiga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Pensiya jamg'armasining tuman (shahar) bo'limlari binolari uchun minimal talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

         Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligiga Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Pensiya jamg'armasi hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo'limlarini fuqarolar uchun qulay sharoitlarga ega bo'lgan bino va inshootlarga ko'chirish; 2022 yil 1 iyulga qadar qariyalar va keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarga xizmat ko'rsatishga moslashtirilgan Pensiya jamg'armasining binolari bo'yicha minimal talablarga asosan mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan har bir hududda bittadan Pensiya jamg'armasining mavjud binolari negizida “Namunali Pensiya jamg'armasi bo'limi”ni tashkil etish; 2024 yilga qadar bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida Pensiya jamg'armasining tuman (shahar) bo'limlari binolarini minimal talablarga moslashtirish;

         Moliya vazirligiga Markaziy bank, tegishli mas'ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2022 — 2024 yillarda hududlarda pensiyalar va nafaqalarni to'lash bo'yicha tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar o'rtasida tender o'tkazish choralarini ko'rish kabi vazifalar yuklatildi.

                  MO'MINJON UMAROV - Farg'ona viloyat sudining

                                                        iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyasi